21- dars. MS Excelda matematik amallar va
funksiyalarni qo'llash
Avvalgi darsda matematik amallar bajarish, matematik formulalar
yozish va funksiyalar to'plamiga murojaat qilish bo'yicha qisman
ma'lumot oldingiz. Endi Excel elektron jadvalida
ishlashni misollar
yordamida ko'rib chiqamiz.
1- misol. Karra jadvalini hosil qiling (E6- rasm).Quyidagi ketma-
ketlikdagi ishlarni bajaramiz:
1) B2:H2
blokidagi katakchalarni piktogrammasi yordamida
birlashtiramiz va "Nechalik jadval kerak?" matnini
kiritamiz;
2) D3
katakchaga
"=", E3
katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni)
kiritamiz;
3) C4
katakchadan
E3
katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz,
ya'ni
C4
katakchaga
"=E3"
ni yozib,
F4
klavishni bosamiz;
4) D4
katakchaga
"*"
belgisini,
E4
katakchaga
1
sonini,
F6
katakchaga
"="
belgisini kiritamiz;
5) G4
katakchaga
"=C4*E4"
formulani kiritamiz;
6) C4:G4
blokini belgilab, blokning o'ng quyi burchagidagi
%
belgisidan sichqoncha
yordamida
G
ustun bo'yicha pastga tortib
nusxalaymiz;
7)
Katakchalarga katakcha formati yordamida rang beramiz.
Tekshirib ko'rish mumkinki,
E3
katakchadagi qiymatni o'zgartirsak,
G
ustundagi
qiymatlar karra
jadvaliga mos ravishda o'zgaradi.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun
keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to'plamining
mavjudligidir. Excel funksiyalar to'plamida
400
dan ortiq funksiya
bo'lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa
turlarga bo'linadi.
Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi
quyidagilardan iborat:
• har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o'z
nomiga ega;
• funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida
nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro'yxati yoziladi.
Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba'zilari
bilan
tanishtiramiz: