21-mavzu: XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 116,24 Kb.
səhifə7/15
tarix27.05.2023
ölçüsü116,24 Kb.
#113404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
21-mavzu

Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur.
Maktab g’amini vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol.
Maktabdadur milliy hayol,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo’li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
Kitobdagi berilgan dastlabki ikki hikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb nomlangan. Birinchi hikoyada o’sha davr turmushiga xos bo’lgan voqea tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi har kuni o’g’li maktabga ketishi oldida unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo’lida faqir kishini uchratadi.
«O’g’lim, ikki kundan beri ochman, taom olib ey desam ustidagi yirtiq chopondan boshqa hech narsam yo’q»-deydi u. said qo’lidagi 10 tiyinni beradi va o’sha kunni ovqatlanmasdan o’tkazadi. Otasi o’g’lonning olijanobligidan mamnun bo’ladi. «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi.
«Baxillik» hikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko’rsatiladi.
«Bir baxil kishining uyiga bir necha do’stlari mehmon bo’lib keldi. Baxil mehmonlarni ziyofat qilish o’rniga behuda so’zlarni so’zlab o’ltiradi. Oaradan ko’p vaqt o’tgandan so’ng xizmatchisini chaqirib: «Bir taom pishgan bo’lsa, olib kel»-dedi. Shul vaqt xizmatchi bir toboqda pishgan xo’rozni olib kelgan zamon, baxil xizmatchisiga boqib: «Boshini nima qilding»-dedi. Xizmatchi: -He nodon, kishi xo’rozni boshini ham tashlarmi? Agar bir kishi tovuqning oyog’ini tashlasa, men borib olur edim. Bosh a’zolarning xo’jasidir. Xo’roz ul bosh ila qanday yaxshi qichqirar edi. Marjon kabi toji ham boshida edi. Eng shirin ya’zolaridan sanalgan tili, eng ulug’ a’zolaridan miyasi, ikki shahlo ko’zi, barchasi boshida edi. Bor, topib kel, biz emasak mehmonlarga edirurmiz, dedi»....
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asrada insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi, bir ilm-axloq haqida» fikr yuritiladi. Shu jihatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o’ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib, «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, erdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabudur»,-deydi. Uning fikricha, bolalarga axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g’oyat katta ahamiyatga ega.
O’zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogika «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir, deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to’rt bo’limga ajratadi:
1. Tarbiyaning zamoni
2. Badan tarbiyasi
3. Fikr tarbiyasi
4. Axloq tarbiyasi va bu haqida hamda uning ahamiyati to’g’risida fikr yuritiladi.
«Tarbiyaning zamoni» bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur» deb uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qumoq, o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
A. Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota-onalarga murojat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug’ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdir».
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog’liq ekanini ham ta’kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»-deydi.
A. Avloniyning fikricha, inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. Inson o’z go’zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi:
«Aql, -deydi Avloniy, -insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur, ruh ishlovchi, aql boshlovchidur, ...insonni hayvonlardan so’z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql idroki soyasida o’ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Er yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo’ynidan boylab, iplarining uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidur». Avloniy insonga va uning aqliga ana shunday yuksak baho beradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidur. Agar aqlning qo’li nafsining jilovini ushlasa seni yomon yo’llarga kirmoqdan saqlar, har narsa ko’p bo’lsa, bahosi arzon bulur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa shuncha qimmatbaho bo’lur».
«Turkiy guliston yoxud ahloq» kitobi ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. A. Avloniy kitobida ilm to’g’risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g’oyat oliy muqaddas fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fimkrimizni qilich kabi o’tkir qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong’ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’tifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug’ ishlardan qaytarur, yaxmi hulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salolmatimiz, saodatimiz, savlatimiz, maishatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur».
Adibning obrazli ifodasiga ko’ra, ilm fan bamisoli bodomning ichidagi mag’iz, uni qo’lga kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni chaqib uni po’chog’idan ajratib olish kerak.
U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini echishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo’lida qo’llanmasa, u o’likdir. A. Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
A. Avloniy o’tmish mutaffakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunarni egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to’g’ri kelmaydigan ishlar bilan shug’ullanayotganini ko’rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju qo’ymaslikka undaydi. Boylikni o’tkinchi bulutga o’xshatadi.
A. Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon sifatlarning ibtidosi deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni ulug’laydi, mehnat kishining eng go’zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «aqlli bog’bon» hikoyasi xarakterlidir.
Hikoyada aytilishicha: «Bir bog’bonning uch o’g’li bo’lib, ular dangasa va ishyoqmas bo’lganlar. Otadan ularga meros qoladigan tillo tanga yo’q. Ota umri tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O’ylab –o’ylab shunday yo’l tutadi. Har uchala o’g’lini yoniga chorlaydi. Ko’zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay. Mehnatu mashaqqat ila bir ko’za oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklarning birin tagiga ko’mganman. U-sizlarniki. Biroq bu ishga ko’p yil bo’ldi. Harchand urinsam ham ko’milgan joyni xotirlay olmadim. Uni o’zlaringiz izlab topinglar va o’zaro bo’lishib olinglar, deydi. Bir ko’za tilla daragini eshitgan uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog’ning hamma erini kovlab chiqishadi. Sirli ko’za chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija hamon yo’q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to’ntar qilinadi. Erlar qazilaverib tuprog’i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko’za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib ko’riladi. Bog’da o’sha yili chunonam hosil bo’ladiki, undan bir necha ko’zani to’ldirgulik oltin oladilar. Uch dangasa o’g’illar ota gaplarining asl ma’nosini, oltin-mehnatda ekanligini tushunib etadilar».
Adib ushbu hikoyachasi bilan mehnatni ulug’laydi, o’quvchi qalbida mehnatga muhabbat uyg’otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat orqaligina etishishini o’qtiradi.
A. Avloniy o’z asarida sabr, toqat, sabot va matonat masalalariga to’xtab, «har bir ishga sabr ila harakat qilmoq lozimdur. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdir, maqsadigaetish yo’lidir. Nafsini sabr ila rom qilgan kishi har ishda oshiqmay, ohista harakat qilur. Nafsini halokatdan, g’ururdan saqlar. Sabr shunday bir kuli narsadurki, shahvatni iffatga, g’azabni shijoatga, shiddatni ilmga, kattalikni tavozu’ga, yomonlikni yaxshilikka aylanturmoqga quvvati etar ... Sabr shodlig’ni kalitidur ...»
A. Avloniy intizomni inson xarakterini tarbiyalovchi, mukammallashtiruvchi manba, deb biladi, hamda unga doim rioya qilish kerakligini ta’kidlaydi: «Intizom qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o’z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar er yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir daqiqa ham yashay olmas edilar. Har bir millatning taraqqiysi va toliysi ishlarini vaqtida, nizomdan chiqmay tartibli yuritilmoqiga bog’liqdur ... Chunki tartib va nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o’zlari parishon bo’lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari erida, o’zlari tinch va rohatda umr o’tkazurlar».
Vatan tuyg’usi eng insoniy va eng mo’’tabar tuyg’ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas, uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq u bilan faxrlanmoq kerak. Avloniy Vatan va uning oldidagi burchini shunday tushunadi:
«Har bir kishining tug’ulib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ilgan, o’sg’on erini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan-uyuridan ayrilsa, o’z eridagi kabi rohatda yashamas...
Biz Turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumliq, issiq cho’llarini, eskumular shimol taraflarini, eng sovuq va muzlik erlarini boshqa erlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o’z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi»,-deydi A. Avloniy.

  1. Avloniy idrok va zukko deb ochiq fikrni, xushtabiat, ziyrak bo’lmoqni tushunadi. U idrok va zukkolikni ma’rifatparvarlik bilan bog’lab, «yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmoq uchun aziz umrimizni uyin-kulgu, safsata, muomalani behuda so’zlar ila o’tkarmay,har xil kitob,gazeta va jurnallarni o’qib fikrimizni ochmoq,zehnimizni quvvatlandurmoq lozimdur».Bu esa A. Avloniyning xalqni ma’rifatga, tashviq qilganidan dalolat beradi.

Xususan, shoirning quyidagi she’ri fikrimizning dalili bo’la oladi:



Yüklə 116,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə