22-laboratoriya ishi. Chiziqli algoritmlar



Yüklə 490,28 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü490,28 Kb.
#129445
  1   2
1-laboratoriya




22-laboratoriya ishi.
Chiziqli algoritmlar.



Ishning maqsadi

C++ da kiritish, chiqarish va o’zlashtirish operatorlari.

Kutilayotgan natija: C++ da kiritish, chiqarish va o’zlashtirish operatorlari oʻrganish.
Vositalar: C++ dasturlash tili oʻrnatilgan kompyuterlar.

Mashg‘ulotning borishi.

Nazariy materiallar:
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishi, ya’ni bajarilish tartibiga koʻra uchta asosiy turga boʻlinadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritm deb, barcha koʻrsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Bunga qoʻshish yoki koʻpaytirish natijalarini hisoblash, bir nechta oʻzgaruvchilar qiymatlarini almashtirish, choy damlash, doira yuzini hisoblash kabilarni misol sifatida keltirish mumkin.
Chiziqli tuzilish bir chiziq boʻylab joylashgan, ketma-ket bajariladigan koʻrsatma (buyruq)lar toʻplami koʻrinishida boʻladi va ular algoritmda qanday tartibda yozilgan boʻlsa, aynan shu tartibda bajariladi.
Chiziqli algoritmni ifodalash uchun quyidagi tuzilmadan foydalaniladi:



Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy koʻrinishi hisoblanadi. Unda bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda berilgan boʻlsa shunday tartibda ketma-ket bajari- ladi. Chiziqli tuzilishga ega boʻlgan algoritmlarda koʻrsatmalar yozilish tartibida bajariladi. Ularning blok-sxemalari ishga tushirish, toʻxtatish, kiritish,chiqarish jarayoni blok hamda avvaldan ma’lum jarayon bloklari yordamida tuzilib, bir chiziq boʻylab ketma-ket joylashgan boʻladi.
Chiziqli tuzilishdagi algoritmni tuzish masalani yechish uchun kerak boʻladigan boshlangʻich ma’lumotlarni tashkil qiluvchi oʻzgaruvchilar nomi, ularning turi va oʻzgarish koʻlamini aniqlashdan boshlanadi. Keyin oraliq va yakuniy natijalar oʻzgaruvchilarining nomla- ri, turlari va mumkin boʻlsa oʻzgarish koʻlamini aniqlash kerak. Endi algoritm mana shu boshlangʻich ma’lumotlarni qanday qayta ishlab oraliq va yakuniy natijalarni olish kerakligini aniqlashdan iborat boʻladi. Chiziqli algoritmlarni quyidagi koʻrinishda ifodalash mumkin.

Bu yerda A1 dan An gacha chiziqli algoritmlarda bajarilishi kerak boʻlgan buyruqlar ketma-ketligi


Nazariy materiallarga tayangan holda chiziqli algoritmlarga oid misollarni koʻrib chiqamiz:
1-misol. funksiyani x ning ixtiyoriy qiymatlarida hisoblash algoritmini tuzing.

Algoritmning blok sxema

Algoritmning matn koʻrinishi:



1.Boshlash.
2. x ni kiritish.
3. ni qiymatini hisoblash.
4.y ni qiymatini chiqarish.
5. Tamom






Yüklə 490,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə