22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


To‘g‘ri bog‘lanishlarga ega bo‘lgan logistik tizim



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə5/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

To‘g‘ri bog‘lanishlarga ega bo‘lgan logistik tizim – bu unda moddiy oqim iste’molchiga vositachilarning ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida yetkazib beriladigan tizimdir.
Qayishqoq logistik tizim – bu unda moddiy oqimni iste’molchiga yetkazib berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlar bo‘yicha ham, vositachining ishtiroki bilan ham yetkazib beriladigan tizimdir. Bunday tizimga ehtiyot qismlar bilan ta’minlash misol bo‘lib xizmat qila oladi. Bunday holda talab kam bo‘lgan detallarni bevosita qabul qilib oluvchiga jo‘natish markaziy ombordan, standart va talab yuqori bo‘lgan detallarni jo‘natish – vositachining omboridan amalga oshiriladi.
Eshelonlangan (ko‘p kaskadli) logistik tizim – bu unda moddiy oqim ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan yo‘lda hech bo‘lmaganda bitta vositachi orqali o‘tadigan ko‘p darajali tizimdir [5, 77-bet].
Hozirgi kunda zamonaviy jahon iqtisodiyotida xalqaro (global) logistik tizimlarning shakllanishi muhim voqe’likka aylangan. Xalqaro logistik tizimlarga bir nechta mamlakatlar va hatto qit’alar darajasida shakllantiriladigan davlatlararo tizimlar kiradi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, jahon iqtisodiyotining globallashuvi logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishining xalqaro standartlari shakllanishiga olib kelgan. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning kerakli standartini o‘rnatishda tashkiliy muammolarni hal qilish logistik servisni bazaviy darajadagi asosiy ko‘rsatkichlar – erishiluvchanlik, funksionallik va ishonchlilikni bajarishga yo‘naltirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Bazaviy logistik xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlari jahon iqtisodiyotining globallashuvi, jahon bozorlariga foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni erishiluvchan, ishonchli va funksional servis bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan, xalqaro savdoning aksariyat yo‘nalishlari va marshrutlarini qamrab oladigan logistik tizimlarni qurgan yirik logistik provayderlarining chiqishi tufayli tarkib topgan.
Turli mamlakatlarda joylashgan korxonalarni turli tashkiliy shakllarda integratsiyalash va umumiy vazifalarni amalga oshirishda ularning samarali o‘zaro harakatlarini ta’minlash uchun ularning har birida ochiq logistik tizim harakat qilishi zarur bo‘ladi.

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə