22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


rasm. Global logistik menejmentdagi to‘siqlar



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə2/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

8.1 rasm. Global logistik menejmentdagi to‘siqlar.
Bozor va raqobat to‘siqlari – bu bozorga kirishga qo‘yiladigan to‘siqlar (qonunchilik to‘siqlari, tovarni olib kirishga to‘sqinliklar), axborotga etarlicha erisha olmaslik, narxlarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, tarkib topgan raqobat qoidalaridir.
Moliyaviy to‘siqlar – bu valyuta kurslaridagi tebranishlar, turli mamlakatlarning bojxona qoidalari va protseduralaridagi farqlar, davlatlarning iqtisodiy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa omillardir.
Distribyusiyadagi to‘siqlar institutsional infratuzilma bilan, milliy banklar, sug‘urta kompaniyalari, yuridik maslahatchilar, transport kompaniyalari va logistik tizimlar va vositachilarning aniq ishlashini ta’minlashga qaratilgan boshqa yordamchi institutlarning ishlashidagi farqlar bilan bog‘lanadi.
Taqsimlash kanallarining davlatlararo spetsifikasi xalqaro logistikaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi: tashish vositalari, temir yo‘llarning infratuzilmasi, yukka qayta ishlov berish asbob-uskunalarining milliy va mintaqaviy o‘ziga xos xususiyatlari bilan shartlanadigan standartlashtirish muammolarini engib o‘tish zarur bo‘ladi. Ko‘rib chiqilgan muammoni hal qilish ustida ishlayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) transport jihozlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirgan.
Kompaniya taqsimlash kanalini tanlash to‘g‘risidagi qarorni savdo to‘siqlari – tovarlarning tiplarini bevosita chegaralaydigan yoki import hajmi oshganda bojxona bojlari darajasini oshiradigan qoidalarni hisobga olish bilan qabul qiladi.
Kompaniyalarning raqobatbardoshliligini oshirishga ularning qayishqoqligi va dinamikligi, ya’ni bozor muhiti va ularning mahsulotiga bo‘lgan talabning (jumladan xalqaro bozorlarda ham) o‘zgaruvchan sharoitlariga tezda moslasha olish qobiliyati ko‘maklashadi, bu logistik siklning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan tortib to tayyor mahsulotni distribyusiyalash va oxirgi iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha vaqt fazalarining qisqarishini ta’minlaydi. Asosiy vaqtni qisqartirish uchun kompaniyalar ko‘pincha tor ixtisoslashishni qo‘llaydi, bu tabiiyki amaldagi global distribyusiya tizimlaridagi xalqaro logistik vositachilar bilan integratsiyalanishga bo‘lgan ehtiyojni chaqiradi.

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə