22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


O’zbekiston logistika markazlari



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə24/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

8.7.2 O’zbekiston logistika markazlari
O’zbekiston Respublikasida funksionallikning turlicha darajalari bilan tavsiflanadigan logistika markazlari foydalanishga topshirilgan:
– Navoi ESIZ si;
– Angren MSZ si ;
Jizzax MSZ si;
Shuningdek logistik infratuzilmaning amaldagi ob’ektlari qatoriga mamlakatda mavjud bo‘lgan yuk terminallarini kiritish mumkin.
Logistik infratuzilma ob’ektlari tarmog‘ining yanada rivojlantirish 2016-2020 yillarda Respublikada logistika tizimi va tranzit potensialini rivojlantirish davlat dasturi bilan reglamentlangan.
Maxsus qayta yuklash va saqlash shart-sharoitlarini talab qiladigan yuklarning yanada kengroq spektrini yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta ishlanadigan yuklarning hajmlarini modernizatsiyalash va oshirish maqsadida ko‘rsatilgan korxonalar o‘zlarining faoliyat sferalarini o‘zlarining mablag‘lari, kredit resurslari hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda, shuningdek xorijiy investorlar bilan birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rmoqda.
Keyinchalik xalqaro logistikani rivojlantirish doirasida yangi logistika markazlarini yaratish rejalashtirishda yo‘l qo‘yilgan ba’zi bir xatolarni to‘g‘irlash bilan amalga oshirilishi lozim. Ularning qatoriga ratsional bo‘lmagan ixtisoslashtirish, kirish-chiqish temir yo‘llarining yo‘qligi (multimodal tashishlar amaliyotini kengaytirish uchun zarur bo‘ladigan), suv va havo transportiga etarlicha e’tibor qaratmaslik va hokazolarni kiritish mumkin. SHunday qilib, logistika markazlarini loyihalashda mamlakatning transport-logistika tizimini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asoslashlarni yanada detalliroq ishlab chiqish talab qilinadi.
Yo‘l yoqasidagi servisni rivojlantirish. Jahon amaliyotida xalqaro logistikaning tranzit bilan bog‘lanadigan daromadlarining katta qismini logistik servis ko‘rinishida ham (yuklash-tushirish, yuklarni qayta jamlash va hokazolar), yo‘l yoqasidagi servis ko‘rinishida ham (ovqatlanish, yashash va boshqalar) ko‘rsatiladigan hamrohlik qiluvchi xizmatlar tashkil qiladi
Respublikaning avtomobil yo‘llarida bir turdagi ob’ektlar o‘rtasidagi o‘rtacha masofa yoqilg‘i quyish stansiyalari uchun , ovqatlanish punktlari uchun , texnik yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro logistikaning rivojlanish darajasini tadqiq qilish doirasida Respublikaning tranzit va logistika potensialini amalga oshirishning samaradorligiga xorijda berilgan baholar katta qiziqish uyg‘otadi. Masalan, dunyodagi mamlakatlarda logistikaning rivojlanishini samarali baholash maqsadida 2007 yilda Jahon Banki tomnidan mamlakatdagi logistika tarmog‘ining joriy holatini baholash imkonini beruvchi uslubiyat ishlab chiqilgan. U logistik tizimning samaradorlik indeksini (logistics performance index – LPI) hisoblashdan iborat. Tadqiqotlarning natijalari 2016-2017-2018 yillarda e’lon qilingan. Bugungi kunda LPI besh balli shkala bo‘yicha oltita baholash kriteriylarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi:
1) bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish jarayonining samaradorligi («bojxona»);
2) logistik transport-axborot-texnologik infratuzilmaning sifati («infratuzilma»);
3) xalqaro yetkazib berishlarning oddiyligi va erishiluvchanligi («xalqaro tashishlar»);
4) logistik xizmat ko‘rsatishning layoqatlilik darajasi («xizmatlarning sifati va layoqatliligi»);
5) xalqaro yetkazib berishni kuzatib borish imkoniyati («yuklarning o‘tishini kuzatib borish»);
6) yetkazib berishlarni to‘liq tugallashning o‘z vaqtidaligi («yetkazib berishlarning o‘z vaqtidaligi»).
O’zbekistonning LPI indeksi bo‘yicha Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (EAES) mamlakatlari orasidagi holatining dinamikasi bo’uyicha tadqiqotlar olib borilypti. 8.5 jadval.
LPI reytingida Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarining o‘rni.

Mamlakat


Yillar bo‘yicha LPI reytingidagi o‘rni


2014

2015

2016

2017

2018

Belarus Respublikasi

74

-

91

99

120

Rossiya Federatsiyasi

99

94

95

90

99

Qozog‘iston Respublikasi

133

62

86

88

77

Armaniston Respublikasi

131

111

110

92

141

Qirg‘iziston Respublikasi

103

91

130

149

146



Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlari orasida LPI indeksining qiymati bo‘yicha Qozog‘iston etakchi bo‘lib hisoblanadi. O‘z navbatida Belarus eng yuqori ballni 2007 yilda ko‘rsatgan, 2017 yilda – ikkinchi natija , 2014 yilda – to‘rtinchi va 2018yilda – uchinchi natijani ko‘rsatgan.
O’zbekistonning foydali geografik joylashuviga nisbatan LPI qiymatining pastligi mamlakatda xalqaro transport logistikasining rivojlanishini tezlashtirish va xalqaro tashuvchilar uchun uning tranzit jalb qiluvchanligini oshirish zarurligidan dalolat beradi.


NAZORAT SAVOLLARI
1. Zamonaviy xalqaro logistikaning muammolari nimalardan iborat.
2. Xalqaro logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishining
konseptual jihatlari qanday
3. Xalqaro logistikani tartibga solishning huquqiy asoslari sanab bering
4. Xalqaro logistikaning axborot infratuzilmasi nima
5.LPI reytingida Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarining o‘rni qanday?
6.Yo‘l yoqasidagi servisni rivojlantirish nimalardan iborat?

http://fayllar.org
Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə