22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Axborot oqimlarini tasniflashning



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə22/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

Axborot oqimlarini tasniflashning ko‘plab kriteriylari mavjud:
  1. logistik operatsiyalar va funksiyalarga nisbatan: elementar, majmuaviy, asosiy, bazaviy;


  2. logistik tizimga nisbatan: ichki, tashqi, gorizontal, vertikal, kiruvchi va chiquvchi;


  3. axborotni eltuvchilarning turi bo‘yicha: qog‘oz eltuvchilarda, magnit eltuvchilarda, elektron, boshqalar;


  4. Vujudga kelish vaqti va foydalanish davriyligi bo‘yicha: muntazam, davriy, operativ, real vaqt rejimida, muntazam bo‘lmagan vujudga kelish va foydalanish;


  5. axborotning mo‘ljallanishi bo‘yicha: direktiv, me’yoriy-ma’lumot beruvchi, hisobni yuritish-tahliliy, ma’lumot beruvchi;


  6. Ochiqlik darajasi va ahamiyatlilik darajasi bo‘yicha: ochiq, yopiq (maxfiy), oddiy, buyurtmali;


  7. Ma’lumotlarni uzatish usuli bo‘yicha: kurer, pochta, telefon, telegraf, teletayp, elektron pochta, faks, telekommunikatsiya tarmoqlari.


Adabiyotlarda logistik axborot tizimi tushunchasining talqin qilinishiga nisbatan ikkita yondashuv mavjud. Bir tomondan, logistik axborot tizimi deganda moddiy oqimning harakatini boshqarish masalalarini hal qilishni ta’minlaydigan hisoblash texnikasi vositalari, spravochniklar va dasturlashtirish vositalarining o‘zaro bog‘langan tashkil qilingan jamlanmasi tushuniladi. Boshqa tomonlama esa, kengroq tushunishda – bu logistik menejment tomonidan logistik tizimning, jumladan global logistik tizimning faoliyat ko‘rsatishini rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot oqimi bilan birlashtirilgan xodimlar, asbob-uskunalar va texnologiyalarni (protseduralarni) o‘z ichiga oladigan interfaol tuzilmadir.


Logistik axborot tizimi o‘z navbatida ikkita tagtizimga bo‘linadi:
  1. funksional, hal qilinadigan vazifalarning maqsadning umumiyligi alomati bo‘yicha guruhlashtirilgan jamlanmasidan tashkil topadi;


  2. ta’minlovchi, texnik ta’minlash (texnik vositalar), axborot bilan ta’minlash (spravochniklar, klassifikatorlar, kodifikatorlar) va dasturiy ta’minlashni (ma’lumotlarga ishlov berish vositalari) o‘z ichiga oladi [6, 173-bet].


Logistik axborot tizimlarini qurishda ma’lum bir tamoyillarga amal qilish zarur bo‘ladi:


Apparat va dasturiy modullardan foydalanish tamoyili: boshqarishning turli darajalarida hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minotning birlashuvchanligini ta’minlash, logistik axborot tizimlarining faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini oshirish, ularning narxini pasaytirish, ularni qurishni tezlashtirish;
– tizimni bosqichma-bosqich yaratish imkoniyati tamoyili: zamonaviy elektron tizimlar bazasida qurilgan logistik axborot tizimlari, xuddi boshqa avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi, doimo rivojlanib boruvchi tizimlar bo‘lib hisoblanadi;
– tutashuv joylarini aniq belgilash tamoyili: tutashuv joylarida moddiy oqimlar va axborot oqimlari korxonaning alohida bo‘linmalarining yoki mustaqil tashkilotlarning vakolatlari va javobgarligi chegaralarini kesib o‘tadi. Tutashuv joylarini rejalashtirilgan bosib o‘tishni ta’minlash logistikaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi;
– tizimning qayshqoqlik tamoyili: konkret qzllanilishning spetsifik talablari nuqtai-nazaridan qaralganda;
– tizimning qo‘l keluvchanligi tamoyili: «odam–mashina» dialogidan foydalanuvchi uchun [3, 167-bet].
Logistik axborot tizimlarining faoliyat ko‘rsatishining asosida ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash yotadi. Ulardan xalqaro logistikada foydalaniladigan asosiylari quyidagilardir:
– ma’lumotlarni global sinxronlashtirish – CGI xalqaro tashkiloti tomonidan «ikkita yoki undan ko‘p turli tizimlar o‘rtasida tovarlarning atributlarining qiymatlarini uzluksiz uyg‘unlashtirishdir, natijada atributlarning qiymatlari hamma tizimlarda bir xil bo‘lib qoladi» deya ta’riflangan;
– radiochastotali identifikatsiyalash texnologiyalari (radio frequency identification – RFID) – zamonaviy kontaktsiz axborot tizimlarini qurish uchun xizmat qilgan va ob’ektlarga yopishtirilgan – identifikatsion ma’lumrtlarni yoki boshqa ma’lumotlarni eltuvchi belgilarni radiochastotali tanib olishdan iborat bo‘lgan uslub;
– elektron tijorat – umuman savdo jarayonini – “biznes-biznes” bitimi (V2V, xaridorlar pulni tekshirilgan bank hisob raqamiga o‘tkazadi) va “biznes-iste’molchi” bitimining (V2S, pulni oxirgi iste’molchi to‘laydi) samaradorligini oshirish imkonini beruvchi bir qator texnologiyalarning umumlashtirilgan nomi;
– GIS geoaxborot tizimi (geographic(al) information system – GIS) – kenglik-vaqtdagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ishlov berish, aks ettirish, tarqatish uchun, shuningdek bu ma’lumotlarga kirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Boshqacha qilib aytganda, bu ma’lumotlar bazasining kengaytirilgan shakli bo‘lib, unda har bir ob’ekt an’anaviy atributlardan tashqari o‘zining geografik joylashuvi bilan ham tavsiflanadi;
– GPS (global positioning system) yoki «Navstar» global sun’iy yo‘ldoshli pozitsiyalash tizimi (NAVSTAR – navigation satellite providing time and range) – amalda Er sharining har qanday nuqtasida va har qanday vaqtda harakatlanuvchi ob’ektlarning joylashgan joyining koordinatalarini operativ tarzda aniqlaydi [5, 210-bet].
Keltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalarini xalqaro logistikada qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– xalqaro yetkazib berishlar zanjirining konfiguratsiyasi bo‘yicha va mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan zanjirlarni aniqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan axborotni olish;
– axborot bilan almashinish va uning ishtirokchilarining o‘zaro harakatlarini ta’minlash;
– xalqaro yetkazib berishlar zanjirining faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini nazorat qilish va operativ korreksiyalash qarorlarini qabul qilish.
Moddiy oqimlar va hamrohlik qiluvchi axborotni ko‘p darajali avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish asosan bir tomondan, tizimning ko‘p funksionalliligini, ikkinchi tomondan, uning yuqori darajali integratsiyasini kafolatlashi lozim bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi kattagina xarajatlar bilan bog‘lanadi. SHu munosabat bilan global logistik sferasida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini yaratishda nisbatan arzon standart dasturiy ta’minotdan – uni mahalliy sharoitlarga moslashtirish bilan foydalanish imkoniyatini tadqiq qilish lozim bo‘ladi.

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə