22-mavzu. XIX-XXI asrlarda rossiyada geografiyaning rivojlanishi


Xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 54,75 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2022
ölçüsü54,75 Kb.
#86728
1   2   3   4   5
22-Mavzu

Xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

  • Rossiya Federatsiyasi - Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari ichida kattaligi va aholisining soni bo`yicha eng yirik suveren davlatdir. U ulkan tabiiy, iqtisodiy va ilmiy imkoniyatlarga ega. MDH davlatlari doirasida YMDning 60 foizi va sanoat ishlab chiqarishning 2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi. Rossiya iqtisodiyoti keng tarmoqlidir. Sanoat mahsuloti hajmining 1/3 qismi yoqilg`i-energetika majmuyi tarmoqlariga to`g`ri keladi. Energetika tarmog`i ishlan chiqarish kuchlari rivojlanishining, jamiyat moddiy- texnika bazasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiya yoqilg`i-energetika balansining taxminan 70% i neft va gazga to`g`ri keladi.   2012-yilda 420 mln. tonna neft va 670 mlrd. m kub tabiiy gaz hamda 300 mln. tonna atrofida ko`mir qazib chiqarildi. Neft, gaz va ko`mirdan tashqari Rossiyaning ba`zi hududlarida torf va yonuvchi slaneslar energetikada muhim o`rin tutadi.  Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ichkarisida uzunligi 70 ming km ga yaqin bo`lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlarni davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog`lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So'nggi yillarda o'rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
  •   Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda birinchi о`rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G'arbiy Sibirning shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo`yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G'arbiy Sibirga to'g'ri keladi.  Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G'arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, (Volgabo'yidan, Uraldan, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.    Ko`mir sanoati. Rossiyada toshko`mir ham, qo'ng'ir ko'mir ham qazib olinadi. 2012- yilda 300 mln tonna ko'mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.    Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXR dan keyin to'rtinchi o'rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd kVt/s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gidravlik elektr stansiyalarning hissasi - 18% ga, atom elektr stansiyalarning hissasi 12% ga teng.
  •  Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo`lgan kokslanadigan ko'mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.    2012-yilda 40 mln. t cho'yan, 50 mln. t po`lat eritildi. Bu ko'rsatkich bo‘yicha Rossiya, Yaponiya, Xitoy, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin to'rtinchi o'rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G'arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.  Rangli metallurgiya. Qo'rg`oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo'rg'oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).  Achinsk, Bratsk. Boksitogorsk, Volxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kan­dalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir.

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə