24-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari Ekonometrik modelning umumiy ko’rinishi va uning sinflari



Yüklə 66,69 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü66,69 Kb.
#167717
  1   2   3   4
Ekonometrik modellashtirish asoslari


24-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


1.Ekonometrik modelning umumiy ko’rinishi va uning sinflari
Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy-matematik usullar, iqtisodiy statistika, matematik statistika va ehtimollar nazariyasi kabi fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishi va o’zaro hamkorligi natijasi sifatida ajralib chiqqan va shakllangan. “Ekonometrika” o‘zining predmeti, maqsadi va tadqiqot vazifalarini aniq ifoda etadi. Shu bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo‘llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan uzviy bog’langan.
“Ekonometrika” fanida iqtisodiy hodisalar miqdoriy tavsiflar nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Iqtisodiy nazariya fanida esa iqtisodiy hodisalarning sifatiy jihatlari o‘rganiladi. Iqtisodiy qonunlar ekonometrikada tajriba uchun tekshiriladi. Iqtisodiy –matematik usullar fanida esa iqtisodiy qonunlar matematik modellar shaklida o‘z ifodasini topadi.
“Ekonometrika” fanida ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar o‘zaro bog‘liqlarining tahlil va prognoz qilish uchun iqtisodiy statistik vositalar qo‘llaniladi. Iqtisodiy statistika fani esa iqtisodiy ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash va yaqqol natijaviy ko‘rinishda taqdim etiladi.
“Ekonometrika” bu iqtisodiy hodisalarning va jarayonlar o‘zaro bog‘liqliginining miqdoriy ifodalanishni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Iqtisodchilar “Ekonometrika” atamasidan P. S’empa (1910), Y.Shumpeter (1923), R.Frish (1930), Ya.Tinbergen (1969) tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida qo‘llay boshlashgan. Ushbu atama ikkita so‘z “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashtirilishi natijasida paydo bo’lgan. Yunon (grek) tilidan tarjima qilinganda oikonomos (iqtisodchi) – bu uy boshqaruvchisi, metrika (metrihe, metron) – o‘lchov, o’lcham ma’nolarini bildiradi.
Ekonometrikani aniqlash bo‘yicha yondashuvlar tahlili hamda ekonometrika fanining holati ayrim masalalarni yechishga erishishda ushbu fanning maqsadini shakllantiradi.
Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrikaning vazifalari:
1) modelni tasniflash - empirik tahlil qilish uchun ekonometrik modellarni tuzish.
2) modelni sonly (ko’rsatkichlarda) ifoda qilish – model asosiga qo’yilgan sonly qiymatlarni baholash.
3) model sifatini tekshirish - model ko’rsatkichlarining va umumiy modelning sifatini tekshirish.
4) model sonly qiymatlarini prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalarni prognoz qilish va tafsiyalar ishlab chiqish.
Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natija ko‘rsatkichiga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.
Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.
Iqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradilar. Kuzatuvlar soni omillar sonidan 4-5 marta ko‘proq bo‘lishi kerak.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3) ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4) ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirishquyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari.



Yüklə 66,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə