24-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari Ekonometrik modelning umumiy ko’rinishi va uning sinflari



Yüklə 66,69 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü66,69 Kb.
#167717
1   2   3   4
Ekonometrik modellashtirish asoslari

Ekzogen (mustaqil, x) - ularning qiymatlari mo­deldan tashqarida beriladi.
Endogen (erksiz, u) - ularning qiymatlari mo­delning ichida aniqlanadi.
Lag (ekzogen yoki endogen) - bundan avvalgi vaqt davrlari bilan sanasi qo‘yiladi va joriy o‘zgaruvchilar bilan teng bo‘ladi.
Oldindan belgilangan - lag va joriy ek­zogen o‘zgaruvchilar, lag en­dogen o‘zgaruvchilar.


2.Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Birinchi bosqich – spesifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo‘yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to‘planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o‘zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko‘zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo‘lishi kerak. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyenti va determinatsiya koeffitsiyenti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslatib o‘tish kerakki, masalani kompyuterda yechish uchun standart dastur bo‘lishi kerak, agar unday dastur bo‘lmasa, uni ma’lum algoritmlar asosida tuzish zarur.
Tayanch iboralar: ekonometrik bilimlar, model, modellashtirish, iqtisodiy model, modellashtirishning zarurligi, modellashtirish bosqichlari


Nazorat uchun savollar



  1. Ekonometrika fanining maqsadi nimalardan iborat?

  2. Ekonometrik modellashtirishning zarurligi?

  3. Ekonometrikaning qo‘llanish sohalarini tushuntirib bering?

  4. Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi qanday?

  5. Ekonometrik modellarni tuzish bosqichlarini aytib bering?

Yüklə 66,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə