25-mavzu. Mehmonxonalardagi texnik jihozlar va ularga qo‘yiladigan talablar Reja



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#144734
  1   2   3   4
25-mavzu


25-mavzu.Mehmonxonalardagi texnik jihozlar va ularga qo‘yiladigan talablar

Reja:

  1. Mehmonxonalarda foydalaniladigan texnik jihozlar.

  2. Texnik jihozlar turlari.Texnik jihozlardan foydalanish.

  3. Texnik jihozlarga qo‘yiladigan talablar.

  4. Texnik jihozlardan foydalanishda xavfsizlik masalalari

Xizmatlar muhim soha sifatida bizning faoliyatimizning barcha tomonlariga sezilarli ta’sir qiladi. Shu sababli servis faoliyati odamlarning moddiy hayot ta’minotida ma’lum rol o‘ynaydi va hozirda u ikkita muhim tomonlar jalb qilingan keng xo‘jalik faoliyati «maydoni» sifatida qaralmoqda. Unda xizmatlar ishlab chiqaruvchi va foydalanishni taklif etuvchi ixtisoslashgan tuzilmalar mavjud. Ular servis faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsatishadi. Servis faoliyati xizmat ishlab chiqaruvchilari uchun xo‘jalik yuritish sohasidagi kasbiy mehnat, biznes, boshqaruv turi sifatida namoyon bo‘ladi.
Servis sifatini oshirishda xizmat ko‘rsatish sharoiti va xizmat ko‘rsatish va iste’mol qilish joyidagi muhit (bino va xonalar intereri, mebellashtirilganlik, jihozlanganlik darajasi, xona mikroklimati, xizmat ko‘rsatuvchi xodimning tashqi ko‘rinishi va uning malakaviy mahorati) muhim rol o‘ynaydi.
Xizmat ko‘rsatishning ilg‘or shakl va usullari haqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, xizmat sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada takomillashtirishni xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirishni, iste’mol bozorining strukturasini
o‘zgartirishni toqozo qiladi.
Mehmonxona xo‘jaligi kasbiy texnologik jihozlarga: tozalashyig‘ish mashina va mexanizmlari, changni quruq va ho‘l yig‘gichlar, pol yuvib tozalash, chang yutgichlar, quritish, dazmollash, kir yuvish mashinalari, parli tozalagichlar, dazmollash va mehmon qabul qilish, joylashtirish xizmati jihozlari, kalitlarni kodlash va boshqalar kiradi.
Jihozlarning turli tumanligiga qaramay, ularni ekspluatatsiya etishda, albatta har biriga individual yondoshish talab etiladi, chunki ularning funksional mo‘ljallanganligi, ish unumdorligi, statsionar yoki statsionar emasligi, uzlukli va uzluksiz ishlashi, quvvati va boshqalardan kelib chiqqan holda bo‘lishi mumkin. Lekin, shunday bo‘lsada ularning ekspluatatsiya qilishda hammasiga birday to‘g‘ri keladigan umumiy talablar mavjud.
Mehmonxona xo‘jaligida qo‘llaniladigan kasbiy texnologik jihozlariga qo‘yilgan umumiy talablar, shartli ravishda texnologik, ekspluatatsion, energetik, konstruktiv va iqtisodiy talablarga bo‘linadi . Jihozlarga bo‘lgan talablar ularning to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, yaratilishida optimal variantlarini tanlash, ishlab chiqarish xavfsizligi va sanitariya qoidalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmatlar sarf harajatini kamaytirishga va h.k. asoslanadi.
Jihozlarga qo‘yilgan texnologik talablar deganda, ularning ishlash rejimining maksimal darajada bajarilishini ta’minlash, loyixa parametrlariga mosligini apparat ishchi kamerasining tuzilishi, ortish va bo‘shatish qurilmasining ish bajarish sifatini yaxshilashga to‘g‘ri kelishiga tushuniladi.
Jihozlarning texnologik parametrlariga ulardagi harorat va bosim kuchi, mahsulotning apparat bo‘ylab harakat tezligi va h.k kiradi-ki, ular jihozlarning ish jarayonlar talablaridan kelib chiqib, bajarilayotgan ishlar sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi.
Ekspluatatsion talablar, jihozlarni ishlatishda, xizmat ko‘rsatishda oddiylik bajarilishini, kam mehnat sarf etilishi, uning korroziyaga chidamliligini ko‘rib chiqish, tozalash, ta’mirlash oson bo‘lishi; sababsiz, to‘xtovsiz va shovqinsiz ishlashini ta’minlashni bajaradi. Ekspluatatsion talablar, jihozlarning qo‘llanilishidagi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talab va qoidalari bilan bevosita bog‘liq ravishda bo‘ladi. Ularga jihozlarning ishlashida havoning tozaligi, normal yorug‘likning bo‘lishi, ionizatsiyadan, qizil va ultrabinafsha nurlardan, elektromagnit nurlanishdan himoyalanganligi; shovqin, vibratsiya, ultratovush, elektr tokini urishidan, elektrostatik zaryadlar paydo bo‘lishidan, yuqori va past haroratdan, mexanik, kimyoviy, biologik omillardan himoyalanishi; jihozlarning o‘ralganligi, elektr blokirovkalanishi, signalizatsiya va nazorat uskunalarida turli ranglarning qo‘llanilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Energetik talablarning asosiy maqsadi mashina yoki apparat texnologik jarayonni bajarishda minimal miqdorda energiya sarflash yoki apparatning energiya kamsarflik funksiyasi bo‘lishi hisoblanadi. Issiqlik apparatlarida issiqlik miqdorini, mexanik mashinalarning harakat qismlarining yengillashtiruvchi vositalar bo‘lishi va boshqalar ko‘zda tutiladi. Energetik talabning barcha xildagi jihozlari uchun ko‘rsatkichi bu: tayyor mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi solishtirma energiya sarfi hisoblanadi.
Konstruktiv talabning asosiy mohiyati shundan iboratki, jihozlar konstruksiyaviy tuzilishining zamonaviy mashinasozlik darajasida bo‘lishidir.
Jihozlarning ishlash qobiliyati ishonchligi, mustahkamligi, uzoq muddatda ishlay olishi, ta’mirlashga yaroqligi, o‘zini – o‘zi saqlay olishi, ishlab chiqarish estetik va ergonomik talablarga javob berishi konstruktiv talablarning asosini tashkil etadi.

Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə