28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/283
tarix13.04.2022
ölçüsü2,66 Mb.
#85401
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   283
310711 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Muammo:
 Oborot 
qaydnomalarining nazorat 
uchun ahamiyatini anglab 
olish.
 


 
39 
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi. 
1- aprel 2003 yil. 
11- jadval 
 
№ 
Schyotlar nomi 
shifri  Oy 
boshiga 
qoldiq 
Oy 
davomida 
oborot 
Oy oxirgi qoldiq 
 
 
 
D-t 
K-t 
D-t 
K-t 
D-t 
K-t 




 
 

Asosiy vositalar 
Materiallar 
Kassa 
Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar  bilan  hisob-
kitoblar 
Kreditorlar 
01 
10 
50 
 
 
60 
76
 
150000 
300000 
150
 
 
 
 
 
 
350000 
100150
 
100000 
80000 
20000 
50000 
40000 
18000 
 
 
50000 
42000 
200000 
340000 
2150 
 
 
 
 
 
400000 
142150 
 
 
Jami:
 
 
 
450150 
 
450150 
 
200000 
 
200000 
 
542150 
 
542150 
 
 
9-jadval  maolumotlaridan ko’rinib turibdiki, sintetik schyotlar  oborot 
qaydnomasida  uch juft summalari bir biriga teng ustunlar mavjud. 
 
Birinchi  juft  tenglik:  to’rtinchi  ustun  summalarining  jami,  beshinchi 
ustun  summalarining  jamiga  teng  bo’lishi  kerak.  Bu  tenglik  o’tgan  hisobot 
davrining  balansidan  yoki  xo’jalik  mablag’’lari  va  ularning  tashkil  topish 
manbaalarining tengligidan kelib chiqadi. CHunki, schyotlarning oy boshiga 
qoldig’i o’tgan hisobot davrining balansidan olib yoziladi. 
 
Ikkinchi juft tenglik: oltinchi ustun summalarining jami, ettinchi ustun 
summalarining  jamiga    teng  bo’lishi  kerak.  Bu  tenglik  xo’jalik 
operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida ikkiyoqlama yozish usulidan 
kelib  chiqadi.  Bunda  har  bir  xo’jalik  operatsiyasi  bir  schyotning  debetiga, 
ikkinchi  bir schyotning kreditiga teng summalarda  yoziladi.  SHuning uchun 
barcha  schyotlarning    debet  oborotlari  summasining  jami  ularning  kredit 
oborotlari summasining jamiga teng bo’ladi.  
 
Uchinchi juft tenglik esa, birinchi va ikkinchi juft tenglik laridan kelib 
chiqadi.  
 
Agar  to’rtinchi  va  beshinchi  ustun  tengliklari  buzilsa,  unda  yo’l 
qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 
1.
 
 Oborot  qaydnomasining  to’rtinchi,  beshinchi  ustun  jamlari  yana  bir  bor 
jamlab  chiqiladi.  Agar  arifmetik  qo’shishda  xatolikka  yo’l  qo’yilgan 
bo’lsa, xatolik topiladi; 
2.
 
 Schyotlarning  oy  boshiga  qoldig’ini  oborot  qaydnomasiga  yozib  chiqish 
tekshirib  ko’riladi.  Agar  schyotlarning  oy  boshiga  qoldig’ini  oborot 
qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik 
topiladi. 
3.
 
O’tgan  hisobot  davr  balansidan  schyotlarning  oy  boshiga  qoldig’i  to’g’ri 
ko’chirib  yozilganligi  tekshirib  ko’riladi.  Agar  schyotlarning  oy  boshiga 
qoldig’ini o’tgan hisobot davr balansidan ko’chirib yozishda xatolikka yo’l 
qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi.  
 
Agar oltinchi va ettinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yo’l qo’yilgan 
xatolik quyidagicha topiladi: 


 
40 
1.
 
Oborot  qaydnomasining  oltinchi  va  ettinchi  ustun  jamlari  yana  bir  bor 
jamlab  chiqiladi.  Agar  arifmetik  qo’shishda  xatolikka  yo’l  qo’yilgan 
bo’lsa, xatolik topiladi; 
2.
 
Schyotlarning  oy  davomidagi  debet  va  kredit  oborotlarini  oborot 
qaydnomasiga  yozib  chiqish  tekshirib  ko’riladi.  Agar  schyotlarning  oy 
davomidagi  debet  va  kredit  oborotlarini  oborot  qaydnomasiga  yozib 
chiqishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. 
3.
 
Buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  debet  va  kredit  oborotlarining  jami 
qayta  hisoblab  ko’riladi.  Agar  schyotlarning  oborotlarini  jamlashda 
arifmetik xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. 
4.
 
Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha tuzilgan provodkalarni buxgalteriya hisobi 
schyotlariga  teng  summalarda  yozib  chiqish  tekshirib  ko’riladi.  Agar 
provodkalarni  buxgalteriya  hisobi  schyotlariga  yozib  chiqishda  xatolikka 
yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. 
 
Agar  sakkizinchi  va  to’qqizinchi  ustun  tengliklari  buzilsa,  unda  yo’l 
qo’yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 
1.
 
Oborot qaydnomasining sakkizinchi va to’qqizinchi ustun jamlari yana bir 
bor  jamlab  chiqiladi.  Agar  arifmetik  qo’shishda  xatolikka  yo’l  qo’yilgan 
bo’lsa, xatolik topiladi; 
2.
 
Schyotlarning  oy  oxiriga  qoldig’ini  oborot  qaydnomasiga  yozib  chiqish 
tekshirib  ko’riladi.  Agar  schyotlarning  oy  oxiriga  qoldig’ini  oborot 
qaydnomasiga ko’chirib yozishda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik 
topiladi. 
3.
 
Schyotlarning  oy  oxiriga  qoldig’i  summalar  to’g’ri  topilganligi  qayta 
tekshirib ko’riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldiqlarini hisoblashda 
xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, xatolik topiladi. 
Sintetik  hisob  schyotlari  bo’yicha  oborot  qaydnomalarni  tuzishdan  oldin 
ayrim  sintetik  schyotlar  bo’yicha  ochilgan  va  yuritilgan  analitik  schyotlar 
bilan  o’sha  sintetik  schyot  maolumotlarining  mosligi  tekshirib  ko’riladi. 
Buning uchun sintetik schyotga tegishli bo’lgan analitik schyotlarning oborot 
qaydnomasi tuzib chiqiladi. 
 
Analitik  schyotlarning  oborot  qaydnomasi  quyidagi  maolumotlarni 
o’zida aks ettiradi: 
1.
 
Oy boshiga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida); 
2.
 
Kirim (natural va qiymat o’lchovlarida); 
3.
 
CHiqim (natural va qiymat o’lchovlarida); 
4.
 
Oy oxiriga qoldiq (natural va qiymat o’lchovlarida); 
 
Analitik  schyotlarning  oborot  qaydnomasiga,  analtik  schyotlarning 
quyidagi  maolumotlari  natural  va  qiymat  o’lchovlarida  ketma-ket  yozib 
chiqiladi: oy boshiga qoldiq, kirim, chiqim, oy oxiriga qoldiq. 
 
Analitik  hisob  schyotlarining  oborot  qaydnomasini  maolumotlarini 
jami,  tegishli  sintetik  schyotning  quyidagi  maolumotlariga  teng  bo’lishi 
kerak. 
1.
 
Oy boshiga qoldiq, Oy boshiga qoldiqqa
2.
 
Kirim, debet oborotga; 
3.
 
CHiqim, kredit oborotga; 


 
41 
4.
 
Oy oxiriga qoldiq, Oy oxiriga qoldiqqa. 
 
Sintetik  va  analitik  schyotlari  bo’yicha  oborot  qaydnomalardan 
tashqari  amaliyotda  sintetik  schyotlar  bo’yicha  shaxmat  oborot 
qaydnomalaridan  ham  foydalaniladi.  Ularning  mohiyati  shundaki,  bu 
qaydnomalar  schyotlardagi  qoldiqlar  va  oborotlar  yig’indisini  ko’rsatibgina 
qolmas dan balki,  ularning mazmunini va schyotlarning o’zaro bog’lanishini 
ham aks ettiradi (2- jadval). 
 
Ammo    shaxmat  oborot  qaydnomalari  amalda    kam  qo’llaniladi. 
CHunki,  korxonadagi  har  bir  schyot  bo’yicha  shaxmat  oborot  qaydnomalar 
qo’llanilsa, u holda ishlash juda noqulay va murakkab bo’ladi. 
 
Buxgalteriya  hisobining  jurnal-order    shaklini  yuritishda  ham  bu 
yozuvlarning  asosini  ko’rish  mumkin.  SHuning  uchun  ham  shaxmat  oborot 
qaydnomalarining  asoslarini  kengroq  nazariy  o’rganish,  amaliyotda  undan 
unumliroq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. 
 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə