2–mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq va G’arb falsafasi. Reja


XIII asr oxiri XIV asr boshlarida dominikanlar ordenida Foma ta’limoti (tomizm) yetakchi o’rinni egallaydi



Yüklə 55,74 Kb.
səhifə9/17
tarix29.09.2023
ölçüsü55,74 Kb.
#125045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
2–mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari sharq va G’a

XIII asr oxiri XIV asr boshlarida dominikanlar ordenida Foma ta’limoti (tomizm) yetakchi o’rinni egallaydi. Akvinskiy uning «Birinchi doktori» deb e’lon qilinadi. 1323 yilda u «Avliyo» deb e’lon qilinadi. Foma Akvinskiy ta’limotining markazi dastlab Parij universiteti, keyinchalik Kyoln universiteti bo’lib qoladi. Sekin asta tomizm (Foma Akvinskiy ta’limoti) cherkovning rasmiy doktrinasiga aylanadi. Uyg’onish davrida yangi ijtimoiy sharoitlar tufayli tomizm inqirozga uchraydi.
Nominalizm. O’rta asr nominalist- sxolastlar o’rta realistlaridan ham farq qiladilar. Nominalizmning eng yirik vakillari Rosselin, keyinchalik U.Okkamlar bo’lgan. Ularning qarashlari «universaliylar narsa yaratilgandan keyin mavjuddir», degan iborada ifodalangan. Ularning fikricha, haqiqatlar yoki g’oyalar ongdan tashqarida ob’ektiv mavjud emas. Ular umumiy xususiyatlarning sub’ektiv g’oyalaridir. Bular esa yakka narsalarni kuzatish natijasida ong tomonidan ishlab chiqilgan. Universaliylar faqat ismlardir. Masalan, adolat insonning voqelikda bo’ladigan adolatni kuzatishi natijasida umumlashtirilgan g’oyadir. Agar o’ta realistlar va mo’’tadil realistlar e’tiborni guruhga, to’daga qaratgan bo’lsalar, nominalistlar yakka narsalarga qaratganlar.
Nominalistlar ma’lum darajada XVII-XVIII asr empiriklarining o’rta asrdagi, hamda XIX-XX asrlar pozitivistlari va pragmatiklarining o’tmishdoshlari bo’lganlar. Nominalistlar ilohiy karomatni inkor qilmaganlar. Unga tafakkur ishtirokisiz ishonish kerak, deb ta’kidlaganlar, chunki ularning fikricha, cherkov ta’kidlagan narsaning haqiqiyligi, ishonchliligi aql bilan isbot qilinmaydi. Akvinskiy ta’limotini tanqid qila boshladilar. Bu tanqid nominalistlar ta’limotining shakllanishiga olib keldi. Nominalizm XIV asrda sxolastikaning tanazzuli davrida ustunlikka erishdi. Uilyam Okkam (1280-1349)gina to’liq nominalizmni rivojlantiradi. Uning ta’kidlashicha, ilohiyot aqidalari aql yordamida isbot qilinmaydi. Ular faqat muqaddas kitoblar nufuzi tufayligina qabul qilinadi. Bu ta’limot e’tiqod va aqlni bir-biridan ajratadi va ilohiy karomat va aqlni sintez qilishni inkor qiladi. Okkam, shuningdek, ob’ektiv universaliylarni ham inkor qiladi va ular faqat tafakkur tushunchalari uchun ismlardir, deb hisoblaydi. Bu ismlarni odam o’z ongida ishlab chiqadi, deydi u. Uningcha, yakka odam guruhga nisbatan muhimroq va realroqdir. Okkam ratsional tarzda tashkil qilingan tashkilot sifatida cherkovning nufuzini inkor qiladi. Bu narsa bir asrdan keyin uning asarlariga Lyuterning qiziqishini kuchaytiradi.
Rojer Bekon (1214—1292) ham Okkam oqimiga mansub bo’lgan. Lekin u ko’proq ilmiy tajribalarga e’tibor qaratgan. Ular asosida R. Bekon tajribaviy fanga asos soladi. Bu metod XVII asrda Frensis Bekon tomonidan ishlab chiqiladi. Haqiqatga tabiatni tajribaviy o’rganish orqali erishish yo’lini tanlagan bunday usul butunlay nominalistlarning qarashlariga mos keladi.

Yüklə 55,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə