3- laboratoriya mashguloti: Mavzu: Sportchilarning jarohatlanishi. Ochiq va yopiq jarohatlarda 1-tibiiy yordam. Reja



Yüklə 33,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü33,59 Kb.
#157726
1   2   3   4
лаб-3

ochiq 
shikastlanishlar
yoki jarohatlar deyiladi.Bunday buzilish natijasida ancha chuqur 
to'qimalar hatto ichki organlar ham zararlanishi mumkin.Jarohatlar kelib chiqishi, 
xususiyatlariga va to'qimalarning zararlanish xarakteriga qarab quyidagicha 
farqlanadi: 
1. O'q tekkan jarohatlar. 
2. Sanchilgan jarohatlar. 
3. Kesilgan jarohatlar. 
4. Chopilgan jarohatlar. 
5. Urib olingan jarohatlar. 
6. Ezilgan jarohatlar. 
7. Yirtilgan jarohaflar. 
8. Lat yegan jarohatlar 
9. Tirnalgan jarohatlar. 


10. Tishlangan jarohatlar. 
11. Zaharlangan jarohatlar. 
12. Aralash jarohatlar. 
Yuza va chuqur jarohatlar farq qilinadi. Yuza jarohatlar teri va shilliq pardalarning 
shikastlanishi bilan xarakterlanadi. Chuqur jarohatlar tomirlar, nervlar, suyaklar
paylar, ichki organlarni shikastlanish bilan o'tadi.Jarohatlar yana o'z navbatida 
bo’shliqqa kiradigan va bo’shliqqa kirmaydigan jarohatlarga bo'linadi.Mikrob 
tushishiga qarab jarohatlar: infeksiya tushgan va infeksiya tushmaganjarohatlarga 
bo'linadi.Teri va teri osti to'qimalari shikastlansa oddiy jarohatlar deyiladi. Jarohatlar 
yangi va kechikkan jarohatlarga bo’linadi. Yangi jarohat deb, shikastlanish ro'y 
bergandan keyin 24 soat ichida bemorga yordam ko'rsatilishiga aytiladi.Agar bemor 
24 soatdan keyin murojaat qilgan bo'lsa, u jarohat kechikkan jarohat deyiladi. 
Jarohatlarning klinikasi va asoratlari

Har qanday jarohat og'riq, terining ochilib qolishi va qon oqishi bilan o’tadi 
Og’riq jarohat yuzaga chiqqan zahoti kuchli bo'ladi. Og'riqning keskin kuchayishi 
xarakterining o’zgarishi jarohatlarda asoratlar yiringlanish, anaerob infeksiya avj 
olayotgankanligidan dalolat beradi.Yara chetlarining ochilishi-yumshoq 
to'qimalarning qayishqoqligiga va qisqarish xususiyatlariga bog’liq. Jarohat qancha 
katta va chuqur bo'lsa, chetlari shuncha ko’p ochilib qoladi. Jarohatdan qon oqishi 
shikastlangan tomirlarning turiga (arteriya, vena, kapillyar) arterial bosim darajasiga 
va jarohatning xarakteriga bog’liq. 
Asotatlari:
Qon oqishi, jarohatlangan organlar funksiyasi buzilishi, peritonit, 
pnevmotoraks, shok, hushdan ketish va terminal holatlarga bog’liq bo’ladi. 
Jarohatlanishda qon oqishi va jarohatga infeksiya tushishi katta xavf tug'diradi. 
Chuqur jarohatlar ko'p qon oqishi bilan kechib, kamqonlikka sabab bo'ladi.
Nazorat savollari: 
1.Jarohat nima? 
2.Jarohat turlari? 
3.Jarohat sabablari 
4.Ochiq va yopiq jarohatlar 


5.Jarohatlarda 1-tibbiy yordam ko`rsatish 

Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə