3- mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə2/2
tarix06.05.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#108814
1   2
3-Ma\'ruza

haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishini xohlashi mumkin.
Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhim u o’ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo’lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko’rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o’ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirish o’yinning birlamchi asosidir.
Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar ibrat−namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’chiriladi. Endi bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoliyatiga kirishish yo’llarini topa bosh­laydi. U keyinchalik katta kishilarning hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi.Shunday qilib, psixologik adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tatbiq qiladi; 4) kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

1 Селли Джемс Очерки по психологии детства /Пер.с анг. М.,1901ст.136

2 Д.Б.Эльконин “Психология игры”М.:1999 ст.5

Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə