3-Amaliy mashg‘ulot Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar ketma-ketligining ahamiyatini o‘rganish



Yüklə 445,17 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü445,17 Kb.
#130618
1   2   3
3-amaliy

Yordamchi o‘tish - texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, shakl va yuzalar sifati o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishchi va dastgoh harakatlaridan tashkil topgan, ammo texnologik o‘tish uchun zarur bo‘lgan harakatlar tushuniladi. Masalan: tanavorlami o‘matish, keskich asboblami almashtirish va h.k. lar kiradi. Ishchi yurish texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning o‘lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari o‘zgarishi tushuniladi.
Texnologik o‘tish - ishlov berishdan yoki yig‘iluvchi detallarni birlashtirishdan tashkil topuvchi, qo‘llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini xarakterlovchi texnologik operatsiyaning tugallangan qismi tushuniladi.
Yordamchi yurish - texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning o‘lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari o‘zgarishi kuzatilmasdan, lekin ishchi yurishni bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlar tushuniladi.
Holat (pozitsiya) - deb muayyan holatda, moslamada o‘zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig‘iluvchi yig‘ilma birlikning moslama bilan birgalikda keskich asbobga yoki dastgohning biron siljimaydigan qismiga nisbatan o‘z holatini o‘zgartirishiga aytiladi. Holat asosan: to‘xtab-to‘xtab aylanuvchi pozitsion stollarda (agregat stanoklarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIS, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to‘rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo‘lsin (1-shakl).


1-shakl. To‘rt holatli agregat dastgohi.
1-holat — tanavorni o‘rnatish va tushirish; 2-holat — parmalash; 3-holat — zenkerlash; 4-holat - razvyortkalash.
Harakat - o‘tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan ishchi harakatlarining tugallangan majmuyi. Shunday tanavorni moslamaga o‘rnatib, yordamchi o‘tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o‘rnatilsin va mahkamlansin. Stanok to‘xtatilsin, tanavor moslamadan bo‘shatilsin va boshqa yashikka solib qo‘yilsin va hokazo.

Yüklə 445,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə