3-Amaliy mashg‘ulot Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar ketma-ketligining ahamiyatini o‘rganish



Yüklə 445,17 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü445,17 Kb.
#130618
  1   2   3
3-amaliy


3-Amaliy mashg‘ulot
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar ketma-ketligining ahamiyatini o‘rganish.
Ishdan maqsad: Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar ketma-ketligining ahamiyatini o‘rganish va tahlil qilish.
3.1 Ishlab chiqarish jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni deb: Xomashyo va yarimfabrikat mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib beruvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga aytiladi. Bunga ishlab chiqarishni tashkil etish, korxona va zavodlarga keltirilgan xomashyo, yarimfabrikat mahsulotlarni tashish, quyma va boshqa turdagi tanavorlarni tayyorlash, mexanik, termik, kimyoviytermik va boshqa ishlovlar berish, detallarning o‘lchamlari va sifatini nazorat qilish, qism (uzel) va mashinalarni yig‘ish, sinovdan o‘tkazish, bo‘yash, qaytadan detal va qismlarga ajratish, qog‘oz va yashiklarga o‘rab-taxlash, omborxonaga joylashtirish, tayyor mahsulotlarni buyurtma bergan buyurtmachining tashkilotlariga jo‘natish kabi jarayonlar kiritiladi. Ishlab chiqarish jarayoni korxona va zavodlarning turli sex va uchastkalarida bajariladi.

3.2 Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi
Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi quyidagi chizmada ko‘rsatilgan.


1-chizma. Texnologik jarayon strukturasi

3.3 Texnologik jarayon
Texnologik jarayon - ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lib, tanavor (zagatovka)ga ishlov berish natijasida uning geometrik o‘lchamlari, shakli va sifatini o‘zgartirilib, chizmada ko‘rsatilgan detal holatiga mos keltirilishi tushuniladi.
Texnologik operatsiya - texnologik jarayonning bir qismi bo‘lib, bitta ishchi bir joyda bir yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig‘iluvchi mahsulotlarni bir yoki bir qancha ishchilar tomonidan uzluksiz bajarishi tushuniladi. Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni rejalashtirish va hisobga olishda asosiy birlik hisoblanadi. Operatsiyalarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish hajmi, vaqt normasi va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, asbob-uskunalar, moslamalar, keskich asboblar va mexanik ishlov berishning tannarxi aniqlanadi.
O‘rnatish - texnologik operatsiyaning bir qismi bo‘lib, ishlov beriluvchi tanavorlar yoki yig‘iluvchi yig‘ilma birliklarning moslamaga o‘zgarishsiz mahkamlangan holati tushuniladi. Texnologik operatsiyalar bir yoki bir necha marotaba o‘rnatuvlarda bajarilishi mumkin. Masalan: tokarlik stanogida po‘lat valikni uch quloqli patronga o‘rnatib, bir tarafiga ishlov berib bo‘lgandan keyin uni bo‘shatib, qaytadan birinchi ishlov berilgan tomoni bilan uch quloqli patronga o‘rnatib va mahkamlab bo‘sh tomoniga ishlov berilib, operatsiya tugatilsa, operatsiya ikkita o‘rnatuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k.

Yüklə 445,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə