3. Areal va uning xususiyatlarini ta`riflang



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə5/5
tarix23.01.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#99068
1   2   3   4   5
Biologiya javoblari

13. Populyasiya tushunchasi.
Biologiyada populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).
Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi.


Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə