3. Areal va uning xususiyatlarini ta`riflang



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə4/5
tarix23.01.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#99068
1   2   3   4   5
Biologiya javoblari

10. Biogeotsenoz tushinchasi
Biogeotsenoz (bio..., geo... va yun. koinos — umumiy) — Yer yuzining muayyan bir qismi doirasida shakllangan tabiat sistemalarining oʻzaro boglangan va bir-birini taqozo etadigan murakkab majmui. Jami B.ning organik moddalari va energiya potensialini yaratuvchi yashil oʻsimliklar B.ning asosiy komponenti hisoblanadi. B. tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va xemosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar) B.ning tirik komponentlariga, atmosferaning Yerga yaqin qatlami, undagi gaz hamda issiqlik resurslari, Quyosh energiyasi, tuproq va uning suvmineral resurslari esa jonsiz komponentlariga kiradi. B. taraqqiy etib va oʻzgarib turadi. Yerning jami B.lari majmui biosferami tashkil etadi.
B. oʻz tarkibining nisbatan turgunligi, bir xilligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ularning inson faoliyati bilan yaratiladiganlari juda oʻzgaruvchan. Har bir B. yagona murakkab organizMni tashkil etadi. Shuning uchun unga taʼsir etishda B.ning hamma komponentlari oʻrtasida vujudga kelgan aloqadorlik va oʻzaro taʼsirini hisobga olish zarur. B.dagi bir yoki bir qancha komponentlarning oʻzgarishi biogeotsenozaro boglanishning barcha majmui butunligini buzilishga olib keladi. Maye, dunyo boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining oʻrtacha 25% zararkunanda va kasalliklardan nobud boʻladi. Ularga qarshi kimyoviy preparatlar qoʻllash bevosita ijobiy natijalar berish bilan birga jiddiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi va pirovardida inson tomonidan yaratilgan sunʼiy B., yaʼni agrotsenoz mahsuldorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.


11.Biogeotsenozning faoliyat tuzilmasi
Produtsentlar (lot. producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladigan avtotrof organizmlar. Produtsentlar geterotrof organizmlar — konsumentlar va redutsentlarga qarama qarshi qoʻyiladi. Produtsentlar oʻtxoʻr konsumentlar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Quruqliq va suv ekosistemasidagi asosiy P. — yashil oʻsimliklar hisoblanadi. P. oziqlanish zanjirining boshlangʻich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.
Konsumentlar (lot. consumo -isteʼmol qilaman) — trofik zanjirda tayyor organik moddalarni isteʼmol kiladigan organizmlar. K.ning barchasi geterotrof. Bitta zanjirda birinchi tartibdagi (oʻtxoʻr hayvonlar), ikkinchi, uchinchi va h.k. tartibdagi K. (etxoʻrlar, yirtqichlar, parazitlar va boshqalar) oʻrin oladi
Redutsentlar (lot. reducens — qaytayotgan, qayta tiklanayotgan), destruktorlar — ulik organik moddalar bilan ozikdanib, uni minerallashtiradigan (destruktor) organizmlar. R. organik moddalarni parchalab, produtsentlar oʻzlashtira oladigan oddiy anorganik birikmalargacha olib keladi. R.ga saprotrof bakteriyalar, zamburugʻlar va bir qancha hayvonlar (yomgʻir chuvalchanglari, saprotrof hasharotlar, oʻlimtikxoʻr hayvonlar) kiradi.
KONSORTSIYA (lotincha concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni Topik va trofik (oziq) bog’lanish asosida birlashtiradigan biosenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) Konsortsiyaga misol bo’ladi.



Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə