3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Ma’lumot toʻplash bosqichlari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Mavzu 4

Ma’lumot toʻplash bosqichlari.
Ma’lumot toʻplash, oʻz navbatida, boshqa 
jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni oʻz ichiga oladi (3.9-rasm). Bu 
jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, 
raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash
fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom 
ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi.
Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu 
bosqichda foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va 
texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar 
aniqlab olinadi.
Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlangʻich manbalardagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mos 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
75 
GAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham oʻz ichiga 
olishi mumkin. Raqamlashtirish va ma’lumot uzatish tizimdagi eng koʻp ish 
qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va 
sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar 
xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot 
toʻplash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar 
aniqlanib, tahlil qilinadi.
Asosiy geografik ma’lumot olish turlari
. Asosiy geografik ma’lumot 
olish barcha obyektlarni bevosita, ya’ni toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchash orqali amalga 
oshiriladi. Raqamli ma’lumot oʻlchovi ham toʻgʻridan toʻgʻri, ya’ni raqamli 
asboblar orqali GAT bazasiga kiritilishi mumkin. Bu usul GAT bazasini 
yaratishda juda qoʻl kelsa-da, ba’zi holatlarda bu asboblar bilan GAT bazasini 
bir-biriga bogʻlash imkoniyati boʻlmay qoladi. Shunda rastr va vektor 
koʻrinishdagi GAT asosiy ma’lumotlarini olish usullarini qoʻllashimiz kerak 
boʻladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə