3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
77 
tasvir olish toʻgʻrisida boʻlgan boʻlsa, GATda aerofotosuratlarning ham oʻrni 
muhimdir. Bu asosan oʻrta va katta masshtabli GAT loyihalarida ahamiyatga 
ega. Texnik jihatdan sun’iy yoʻldoshdan olingan masofadan zondlash 
ma’lumotlari va tasvirlari hamda aerofotosuratlar bir xil boʻlsa-da (ikkisi ham 
tasvirlar), oʻsha tasvir va ma’lumotlarni olish hamda qayta ishlash usulida farq 
sezilarlidir. Eng koʻrinarli farqlardan biri bu aerofotosuratlar analog yoki oddiy 
kameralar yordamida tasvirga tushirilib (raqamli kameralar keng masshtabda 
qoʻllanilib kelishiga qaramasdan), keyin plyonka negativi skanerlash orqali 
rastrlashtiriladi. Kamera optikalari va skanerlash jarayoni sifati birgalikda hosil 
boʻlgan tasvirning fazoviy va spektr xususiyatlariga ta’sir qiladi. Koʻpgina 
aerofotosuratlar maxsus (
ad hoc
) tarzda va kameralar past balandlikda 
uchayotgan samolyotlarga oʻrnatilib (3000 – 9000 m balandlikda), rangli yoki oq-
qora tasvir koʻrinishida toʻplanadi. Shu xususiyati bilan aerofotosuratlar batafsil 
syomka va kartalash loyihalarida juda qo’l keladi.
Kosmik va aerofotosuratlash tizimining muhim jihatlaridan biri bu ikkala 
tizimdan olingan juft suratning (bir-biriga ustma-ust qilib tasvirga tushirilgan) 
stereotasvirini berishdir. Bunday birlashtirilgan tasvirlar esa, oʻz navbatida, uch 
oʻlchamli oddiy yoki raqamli model yaratish imkoniyatini beradi. Bu modellar 
asosida uch oʻlchamli koordinatalar, konturlar va raqamli relyef modellari hosil 
qilinadi.
GAT loyihalari uchun kosmik va aerosuratlash tizimi ma’lumotlari bir 
qancha qulayliklarni keltiradi. Ma’lumotlarning ketma-ketligi va global 
masshtabda qamrab olish tizimining mavjudligi kosmik ma’lumotlar (tasvirlar)ni 
asosan keng masshtabdagi hudud, kichik masshtabdagi loyihalarni amalga 
oshirishda (landshaftni kartalash va daryolarning geologik tuzilishi) va borish 
qiyin boʻlgan joylarni kartalashda muhimligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, 
sun’iy yoʻldosh orqali davriy olib turilgan suratlarni taqqoslash va tahlil qilish 
orqali yillik vegetatsiya holatini kuzatish imkonini beradi. Aerofotosyomka esa 
shahar va arxeologik joylarning batafsil syomkasi va kartalashini amalga 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə