Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
88
Ma’lumotni boshqarish
. Ma’lumotlar tuzilmasi aniqlangandan soʻng
ma’lumot zaruriyatlari kiritiladi, oʻzgartiriladi yoki oʻchiriladi. Bu operatsiyalarni
bajaradigan vazifa (funksiya)lar MBBT ning bir qismidir.
Bu vazifalar
rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan ma’lumot boshqaruvida ishlatiladi:
ma’lumotni saqlash;
ma’lumotlarni ishlatish, bajarish.
Demak, MBBT katta oʻlchamdagi ma’lumotlarni bir tizimdan ikkinchisiga
oʻtkazish va qayta ishlash holatida soʻrovning qulay hamda oson bajarilishiga
imkon yaratadi.
3.7.
Atribut va geofazoviy ma’lumotlarni birlashtirish
Geografik ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi oʻzi
uchun eng kamida
kartalar qatlami yoki kartadagi ma’lum bir xususiyatlar toʻplamini oladi. Bunda
bu xususiyatlar yakka holda boʻlgan alohida mavzularga tegishli boʻladi.
Xususiyatlar toʻplami GATdagi alohida MB jadvaliga kiritiladi.
Bunda jadval
satrlari obyekt ma’lumotlarini va ustunlar obyektning xususiyatlari yoki
atributlarini saqlaydi (3.13-rasm).
Jadvallarga kiritilgan ma’lumotlar
qiymat
boʻladi.
Geografik MB
jadvalining geografik boʻlmagan jadvaldan farqi geometrik ustunning
mavjudligidadir. Geografik MBda joy va ishlash
tezligini oshirish uchun
koordinata qiymatlari yuqori kompresslangan (siqilgan) shaklda saqlanishi
mumkin. Agar bizga 2 ta jadval berilgan boʻlsa, toʻliq ma’lumot
olish uchun
ularni oʻzaro birlashtirishimiz mumkin. Demak, MBni oʻzaro bogʻlash uchun
jadvallardan foydalaniladi. Har bir geografik qatlam ma’lumotlari
jadvallarga
kiritiladi.
Jadvallarni bir-biri bilan bogʻlash mumkin, agar qiymatlar bir xil boʻlsa,
bunda ustun va satrlardagi qiymatlar umumlashtiriladi, agar aksincha boʻlsa,
alohida joylashtiriladi. Bunday birlashtirish bir hudud toʻgʻrisida 2 xil ma’lumot
jadvali berilsa, soddalashtirish hamda tushunish oson boʻlishi uchun bajariladi.
Yana bir muhim jihati oldingi mavzuda aytilganidek, iloji boricha MBdagi joyni