3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
85 
tasodifiy GATdan foydalanuvchiga faqatgina ma’lumotlarni oʻqish 
mumkin boʻlgan ruxsat berilsa, mutaxassisga oʻsha ma’lumotlarni 
yaratish, yangilash va oʻchirish ruxsati ham beriladi. 

Nazorat qilinadigan yangilash.
Ma’lumotlar yangilanishini nazorat qilish 
maxsus tayinlangan menejer mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. U 
bazaga kirayotgan koʻp sonli foydalanuvchilar soʻrovini nazorat qilib 
turadi. 

Ma’lumotni saqlash va tiklash
. Ma’lumotlarni notoʻgʻri yangilash yoki 
tizimning tasodifiy buzilishi orqali kelib chiqadigan yoʻqotishlardan 
himoya qilish juda muhimdir. MBBTdagi maxsus saqlovchi va agar 
ma’lumot oʻchib ketsa, tiklovchi dasturlar bunday muammoning oldini 
olishga xizmat qiladi.

Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi vositalar.
Ma’lumotlarlar bazasi 
tuzilmasini yaratish, indekslarni yaratish va ishlatish, ishlash tezligini 
yaxshilash, saqlash va qayta tiklash, foydalanuvchilar uchun kirishni 
boshqarish kabi vazifalar boshqarish vositalari yordamida administrator 
(ma’mur) tomonidan amalga oshiriladi. 
Zamonaviy MBBT ma’lumot bazasini yaratish va boshqarish uchun 
moʻljallangan standart va umumiy maqsadli qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu 
qurilmalar MBBTni loyihalashda va foydalanuvchi interfeysini (ma’lumotga 
ruxsat va taqdim qilish uchun) qurishda ishlatiladi. 
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlab aytadigan boʻlsak, MBBT bir yoki bir 
necha foydalanuvchilar zaruriyatiga moslab loyihalangan mantiqiy bogʻlangan 
ma’lumotlar yigʻindisidir. Bu ma’lumotlar koʻpincha ma’lumotlar bazasining 
jadvallarida aks ettiriladi. 
Jadval bu gorizontal satrlar va vertikal ustunlar boʻylab joylashtirilgan 
ma’lumot elementlari (qiymatlari)dir. Odatda, ustunlarda nomlar joylashtirilsa
satrlarda qiymatlar joylashtiriladi. Jadval ma’lum chegaralangan ustunlarga va 
istalgan miqdorda satrlarga ega boʻlishi mumkin. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə