3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Mavzu 4

Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari. 
Yordamchi manbalardan 
geografik ma’lumotlar olish bu rastr-vektor fayllar va ma’lumotlar bazasini 
kartalar, suratlar hamda boshqa bosma (qattiq) formatdagi hujjatlardan yaratish 
jarayonidir. Skanerlash rastr ma’lumot olish uchun qoʻllaniladi. Planshetli 
raqamlashtirish (
table digitizing
), proyeksiyali raqamlashtirish (
xeads-up
digitizing
), stereofotogrammetriya va COGO ma’lumot kiritish vektor ma’lumot 
olish uchun qoʻllaniladi.
Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish. 
Fotogrammetriya – bu 
qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, tasvirlar, aerofotosuratlar orqali oʻlchovlar 
amalga oshiriladigan fandir. Bunday aerofotosuratlar yordamida an’anaviy 
fotogrammetriyada joyning ikki oʻlchamli modeli hosil qilinsa, hozirgi GAT va 
masofadan zondlash tizimlari orqali juft stereosurat hamda tasvirlarni bir-biriga 
birlashtirish orqali joyning ikki va uch oʻlchamli modellari hosil qilinmoqda.
Fotogrammetriya 
kurslaridan 
ma’lumki, 
samolyot 
orqali 
suratga 
olinayotganda, keyinchalik aerofotosuratlarni bir-biriga birlashtirish uchun 
syomka boʻylab keyingi olingan surat oldingi suratning kamida 60% ini va oʻsha 
chiziqlar orasidagi surat oʻzidan keyingi suratning kamida 30% ini qamrab olishi 
zarur. Xuddi shunday jarayonning oʻzi aynan masofadan zondlashda ham amalga 
oshiriladi. Qamrab olish (suratlarning bir-biriga ustma-ust tushib qoplab olishi) 
qiymati uch oʻlchamli model hosil qilish maydonini koʻrsatadi.
GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish. 
GPS qurilmasi orqali GAT 
dasturlariga ma’lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
81 
Masalan, syomka qilingandan soʻng maxsus dasturlar yordamida GPS 
qurilmasining xotirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va bu ma’lumotlarni 
GAT dasturlariga joʻnatish yoki toʻgʻridan toʻgʻri maxsus GATning ichida 
joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda yer resurslarini 
boshqarish tashkilotlarida ishlatilayotgan Panorama dasturida ham shunday dastur 
mavjud va bu ma’lumot olish NMEA 0183 tizimi orqali amalga oshiriladi. 
NMEA 0183 bu GPS navigatsiya qabul qilgichlari va undan foydalanuvchilar 
oʻrtasidagi ma’lumotlar almashinuvini uzatuvchi format turidir. GPS import 
dasturi orqali koordinatalar dasturi File/Import from/GPS Koordinates/NMEA or 
File/Refresh/Koordinates GPS/NMEA orqali amalga oshiriladi.
3.11-rasm.
Trimble GeoXH GPS qurilmasi (
Manba

Trimble veb - sahifasi
)
Import rejimi orqali karta yangidan hosil qilinishi mumkin. Yangilanish 
mobaynida obyektlar berilgan kartaga yoziladi. Kiruvchi ma’lumot sifatida 
NMEA 0183 format protokoli yozuvlarga ega boʻlgan matnli fayl, shuningdek, 
uch oʻlchamli koordinata sistemasiga ega boʻlgan nuqtali yoki chiziqli (maydonli) 
obyektlar xizmat qiladi. Hosil qilinayotgan obyekt turi 
dastur dialog
oynasidan 
tanlanadi. Bunda bir xil koordinatali ketma-ket kelgan yozuvlar oʻtkazib 
yuboriladi. Agar yangilanayotgan kartalar proyeksiyasi WGS-84 ellipsoidida 
boʻlsa, u holda geodezik koordinatalar oʻzgartirilmasdan yoziladi, aks holda 
koordinatalar Krasovskiy ellipsoidi sistemasiga oʻzgartiriladi.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə