3-Маъруза. Elektr energiya manbalari


Energiya zahiralarining iste’moli



Yüklə 386,02 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü386,02 Kb.
#153192
1   2   3   4   5   6
Elektr energiya manbalari.

Energiya zahiralarining iste’moli
Energiya zahiralarini iste’moli tez sur’atlarda va dunyo ishlab chiqarishiga bog‘liq ravishda o‘smoqda. Taxmin qilishlaricha, 2005 yilga kelib energiya zahiralarining iste’moli 160-240 ming TVtsoatni (ya’ni 20-30 mlrd. tonna shartli yoqilg‘iga teng) tashkil etishi munkin. 2005 yildan so‘ng qolgan dunyo energiya zahiralari, yadro va termoyadro energetikasini hisobga olmagan holda, yana 100-250 yilga yetadi. Bu ma’lumotlar taxminan, lekin kelajakni ayrim ko‘rinishlarini yoritib beradi. Quyida 3.1-rasmda energiya tashuvchilarni dunyodagi iste’moli to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Dunyoda energiya zahiralarini 2000 yilga kelib umumiy ishlab chiqarish 20 mlrd. tonna shartli yoqilg‘iga teng bo‘ladi deb kutilmoqda. Bu tizimda neft va gaz yuqori o‘rin egallaydi va ishlab chiqarish energiya zahiralarini 3/5 qismini tashkil etadi; 1/5 qismini yadro yoqilg‘isiga, qolgan qismi boshqa qattiq yoqilg‘ilarga to‘g‘ri keladi.
60-yillarda dunyo yoqilg‘i-energetik muvozanati tuzilishida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Suyuq va gazsimon yoqilg‘i iste’moli ortdi. 1980 yilda dunyoda umumiy energiya iste’molida 46% ni neft, 20% ni esa gaz tashkil etdi.
XX asrning oxiriga kelib energiyani iste’molini tabiiy gaz, ko‘mir va yadro energiyasi hisobiga qondirildi. XXI asr boshida tiklanadigan energiya turlari unumdorligini oshirish kutilmoqda. Taxminiy hisoblarga ko‘ra bu energiya zahiralarini ulushi, yadro energiyasi bilan 40% atrofida bo‘ladi. Foydalanaoladigan energiya manbalari ichida ko‘mirning ulushi eng katta (75-85%); neft (10-15%) va gaz (10-15%) ulushlari sezilarli; qolgan energiya zahiralari birgalikda 2% ni tashkil etadi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra dunyo yoqilg‘ini umumgeologik zahiralarini 200 mln. TVtsoat deb taxmin qilingan edi, keyinchalik zamonaviy texnologik usullar yordamida 28000 mln. TVtsoat yoqilg‘ini qazib olish iqtisodiy jihatdan samarali deb topildi. Bu dunyoda qazib chiqarilayotgan yoqilg‘i miqdoridan 380000 marotaba ko‘p.




Yüklə 386,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə