3-ma’ruza. Leksemaning semantik tarkibi. Leksik ma’no taraqqiyoti va semik tahlil rеjа


Monosemantik va polisemantik so‘zlar. Leksik monosemiya



Yüklə 21,77 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü21,77 Kb.
#166448
1   2   3   4   5
3-ma’ruza. Leksemaning semantik tarkibi. Leksik ma’no taraqqiyot-hozir.org

Monosemantik va polisemantik so‘zlar. Leksik monosemiya (yunoncha: monos-«bir»+semia- «belgi»)-leksemaning faqat bitta ma’noga ega bo‘lishi. Masalan, o‘zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishidan chiqqunigacha, oqshomdan tong otgunigacha bo‘lgan qismi» ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo‘q.
Monosemiya hodisasi o‘zbek tilida bir ma’nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko‘proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalarning boshlang‘ich ishlatilish davriga xosdir: to‘rtburchak (matem. termin), go‘mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o‘zlashtirilgan so‘z) va b.lar.
Yangi yaratilgan yoki yangi o‘zlashtirilgan leksemalar vaqt o‘tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko‘p ma’noli so‘zlarga aylanib qolishi mumkin.
Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga
qo‘shiladi.
Leksik polisemiya (yunoncha: poli -«ko‘p»+semia- «belgi»)-leksemaning bir necha ma’noga ega bo‘lishi. Masalan, tuz leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma’nolar bor: 1) «kislota tarkibidagi vodorod o‘rnini biror metall egallashi natijasida hosil bo‘ladigan kimyoviy birikmalar» (asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzlari); 2) «kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi» (osh tuzi); 3) ko‘chma: «kimsaning boshqa odamga bergan, yedirgan-ichirgan ovqati» (tuz bermoq, tuzini yemoq); 4) ko‘chma: mantiq, ma’no, mazmun: «Iye-iye, bu oyimchaning gapida tuz bormi o‘zi ?» (I. Rahim).
Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar orasida mazmuniy bog‘lanish borligiga tayanadi, shu xususiyati bilan leksik omonimiyadan farq qiladi.
Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma’no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi.

Yüklə 21,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə