3-ma’ruza. Leksemaning semantik tarkibi. Leksik ma’no taraqqiyoti va semik tahlil rеjа



Yüklə 21,77 Kb.
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü21,77 Kb.
#166448
1   2   3   4   5
3-ma’ruza. Leksemaning semantik tarkibi. Leksik ma’no taraqqiyot-hozir.org

Affiksatsiya usuli. Bunda betaraf ma’noli so‘zlarga subyektiv baho ifodalovchi affiksal morfemalar qo‘shiladi. (Bu haqda ham «Ifoda semalari» bahsiga qarang).


  • Fonetik usul. Bunda so‘z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho‘ziladi, urg‘uning o‘rni o‘zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. Misollar: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar... (P.Q.). Akam bechora go‘shangada ko‘rib, hayro-o-o-on bo‘lib qolg‘anlar. (Mirm.).


  • So‘zni metaforik qo‘llash usuli. Bunda ko‘p ma’noli so‘zning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi: Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorong‘i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan ... Homid ismli bir to‘ng‘izni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so‘ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo‘ldim. (A.Qod.). Bu gapda to‘ng‘iz so‘zi ko‘chma ma’noda Homidga nisbatan qo‘llangan, shu bilan Otabekning bu shaxsga nisbatan salbiy his-tuyg‘usi, nafrati ifodalangan. Yana: Mamajon lochin yigit, Serharakat, betinim. (Q.M.). Bu gapda lochin so‘zi o‘z ma’nosida emas, ko‘chma ma’noda - yigitning epchilligini, chaqqon va jasurligini baholash maqsadida qoilangan.


    MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR
    1. Semalar ma’no xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?


    2.Leksik monosemiya hodisasini qanday tushunasiz ?


    3. Leksik polisemiyanichi ?
    4.Metafora yo‘li bilan ma’noning ko‘chishi.
    5.Vazifadagi o‘xshashlik asosida ma’noning ko‘chirilishi.
    6.Metanimiya yo‘li bilan ma’noning ko‘chirilishi.
    7.Sinekdoxa yo‘li bilan ma’noning ko‘chirilishi.

    Adabiyotlar:
    1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.
    2. Ne’matov H, Bozorov O. Til va nutq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989

    3. Rаhmаtullаyеv Sh. Hоzirgi аdаbiy o‘zbеk tili. –T. 2006.



    4. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
    http://hozir.org
    Yüklə 21,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə