3 ma’ruza mavzu: Oddiy deformasiyalarda ikf ni aniqlash va ularning epyuralarini qurish



Yüklə 76,94 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü76,94 Kb.
#118289
1   2   3   4
3.1 -misol. Bir uchi bilan mahkamlangan sterjenning o‘qi bo‘ylab R1=30 kN, R2=50 kN, R3=66 kN kuchlar ta’sir etadi. Shu sterjen uchun bo‘ylama kuch epyurasi qurilsin (3.1 - shakl, a).
Yechish. Sterjen kesimlaridagi bo‘ylama kuchlarni aniqlashni brusning erkin uchidan boshlaymiz.
1-1 kesim (3.1 - shakl, b). Sistemadagi tayanch reaksiyasini topib o‘tirmaslik uchun kesim o‘tkazilgach, brusning erkin uchi tomonini olib qolingani maoqul.


3.1 - shakl.
Olib qolingan qism kesimidagi bo‘ylama kuchni doimo kesimdan tashqariga yo‘naltiraylik. Agar aniqlangan bo‘ylama kuch qiymati musbat ishorali chiqsa, ko‘rilayotgan qism cho‘zilish, aks holda siqilish deformasiyasi ostida bo‘ladi. Shartli ravishda chuzuvchi bo‘ylama kuchni musbat, siquvchi bo‘ylama kuchni esa manfiy deb ishoralash qabul qilingan.
Shunday qilib, brusning 1-1 kesimdan pastda qolgan qismi uchun muvozanat tenglamasini yozamiz.
Z=0.
N1-R1=0.
Bundan N1=R1= 30 kN (cho‘zuvchi).
Ushbu ifoda yuqorida ko‘rilgan bo‘ylama zo‘riqish kuchi tenglamasini tuzish qoidasiga mos keladi.
2-2 kesim (3.1 - shakl, v)
Endi yuqoridagi qoidaga ko‘ra:
N2=R1-R2=30-50=-20 kN (siquvchi)
3-3 kesim (3.1 - shakl, g)
Shunga o‘xshash. N3=R3-R2+R1=66-50+30=46 kN (cho‘zuvchi)
Endi bo‘ylama kuchlarning topilgan qiymatlari asosida bo‘ylama kuch epyurasi (3.1 - shakl, d) quriladi. Undan brusning pastki va yuqoridagi qismlarining cho‘zilishi, o‘rtadagi qismining siqilishini ko‘ramiz. Nmax=46 kN.
3.2. Buralish deformasiyasida IKF epyurasini qurish

Brusni buralishga hisoblashda uning ixtiyoriy kesimidagi burovchi moment qiymatini bilish zarur bo‘ladi. Burovchi momentlarning val uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik burovchi momentlar epyurasi deyiladi. Bu epyurani qurish bo‘ylama kuch epyurasini qurishga o‘xshash. Valning ixtiyoriy kesimidagi burovchi momentni topishda ham kesish usulidan foydalaniladi.


Ko‘rilayotgan kesimdagi burovchi moment ko‘rilayotgan kesimdan bir tomondagi tashqi burovchi momentlarning algebraik yig‘indisiga teng. Epyurani qurish uchun ishoralar tartibi to‘g‘risida kelishib olish lozim. Umuman burovchi momentning ishorasi fizik ma’noga ega emas.
Agar kesim tomondan qaraganda, tashqi burovchi moment valni soat strelkasining harakat yo‘nalishiga qarshi aylantirsa-musbat, soat strelkasining harakat yo‘nalishi bo‘yicha aylantirsa manfiy deb olamiz.
Val kesimlaridagi burovchi momentlarni aniqlash va ularning epyurasini qurishni quyidagi misolda ko‘ramiz.

Yüklə 76,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə