3 ma’ruza mavzu: Oddiy deformasiyalarda ikf ni aniqlash va ularning epyuralarini qurish



Yüklə 76,94 Kb.
səhifə3/4
tarix21.06.2023
ölçüsü76,94 Kb.
#118289
1   2   3   4
3.2 - misol. Bir uchi bilan mahkamlangan brusga uning ko‘ndalang kesimlari tekisligida ta’sir qiluvchi m1=24 kNm, m2=12 kNm, m3=50 kNm va m4=14 kNm burovchi momentlar ta’sir etadilar. Burovchi momentlar epyurasi qurilsin (3.2 - shakl, a).
Yechish. Brusni I, II, III va IV qismlarga bo‘laylik. Brus kyesimlaridagi burovchi momentlarni aniqlashni brusning I qismidan boshlaylik.
I qism. Mb=0.
II qism. Mb=m1=24 kNm.
III qism. Mb=m1+m2=24+12=36 kNm.
IV qism. Mb=-m4=-14 kNm.
Oxirgi qismni ko‘rishda brusning o‘ng tomoni olib qolindi.


3.2 - shakl.
Burovchi momentlarning aniqlangan qiymatlari bo‘yicha burovchi momentlar epyurasi (3.2 - shakl, b) qurildi. Burovchi momentlarning brus qismlaridagi qiymatlari kesim abssissasiga bog‘liq emas. Shuning uchun burovchi momentlar epyurasi uchta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat bo‘ldi. Burovchi moment epyurasining brusning tashqi to‘plangan momentlar ta’sir qilayotgan kesimlariga tyegishli nuqtalarida shu momentlar qiymati va yo‘nalishiga mos «sakrash»lar kuzatiladi. Qurilgan epyuraning to‘g‘riligini tekshirishda odatda ana shu «sakrash»larga eotibor beriladi.
Burovchi momentning eng katta qiymati brusning uchinchi qismida ta’sir qilib, uning qiymati Mmax=36 kNm.


3.3. Egilishdagi ichki kuch faktorlari omillari (IKF) va ularni
aniqlash
Tekis ko‘ndalang egilishda balka ko‘ndalang kesimlarida hosil bo‘luvchi ichki zo‘riqish kuchlari bitta bosh vektor (Qy) va bitta bosh momentga (Mx) keltiriladilar (bundan keyingi hollarda ularning indekslarini tushirib yozamiz). Ularni aniqlash uchun kesish usulidan foydalanamiz.
Kuchlar sistemasi bilan yuklangan konsol balkaning chap uchidan Z masofada o‘tuvchi tekislik bilan balkani xayolan kesaylik (3.3 - shakl,a).
Aytaylik, balkaning o‘ng qismini tashlab yuborib, chap qismining muvozanatini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun olib qolingan chap qism muvozanatini tiklash maqsadida tashlab yuborilgan o‘ng qism ta’sirini ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchilari ko‘ndalang kesuvchi kuch Q va eguvchi moment M bilan almashtiramiz (3.3 - shakl,b). Endi muvozanat tenglamalarini tuzamiz.
U=0; R1-R2-Q=0; bundan Q=R1-R2.
Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi ko‘ndalang (kesuvchi) kuch balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlarning balka vertikal o‘qiga proyeksiyalarining algebraik yig‘indisiga teng.
bundan

Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlardan ko‘rilayotgan kesim markaziga nisbatan olingan momentlarning algebraik yig‘indisiga teng.


3.3 - shakl.
Ko‘ndalang kuch va eguvchi moment tenglamalarini tuzishda ishoralashning quyidagi qoidalariga rioya qilish kerak.
Ko‘rilayotgan kesimdan chap tomonda joylashgan pastdan yuqoriga yo‘nalgan tashqi kuchlar ko‘ndalang kuch tenglamasiga musbat ishora bilan kiritiladi (3.4 - shakl,a) va aksincha (3.4 - shakl,b).
Ko‘ndalang kuch ishorasini quyidagi belgi bo‘yicha ham aniqlash mumkin: balka ko‘rilayotgan qismini kesim markaziga nisbatan soat strelkasi yurishi bo‘yicha burishga intiluvchi kuchlar (3.4 - shakl,a) tenglamaga musbat ishora bilan kiritiladilar va aksincha (3.4 - shakl,b).










3.4 - shakl.




3.5 - shakl.

Agar ko‘rilayotgan kesimdan chapdagi kuch soat strelkasi harakati yo‘nalishida moment bersa, o‘ng tomondagi moment soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda bo‘lsa (3.5 - shakl,a) bu kuch momenti musbat ishoralanadi va aksincha (3.5 - shakl,b).
(3.5 - shakl,a) dan ko‘rinadiki, musbat ishorali eguvchi momentlar ta’sirida balka qismi qavariq tomoni bilan pastga egiladi va aksincha (3.5 - shakl,b). Q va M ishoralari quyidagi jadvalda keltirilgan (3.1 – jadval.)
3.1 – jadval.

Kesim chapda

Ishoralar

Kesim o‘ngda

Ishoralar



+Q

- M



- Q

- M



+Q

- M



- Q

- M



Q=0

- M



Q=0

+M

Yüklə 76,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə