3-mavzu. Adabiy nutq va uning uslublari Reja



Yüklə 170,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.10.2023
ölçüsü170,16 Kb.
#126572
1   2   3   4
3 Adabiy nutq va uning uslublari

Badiiy uslub:
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda 
bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) 
vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish 
bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq 
so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. 
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy 
uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi. 
Og’zaki nutq turlari 
Siyosiy-ijtimoiy nutq: 
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq. 
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq. 
3. Siyosiy sharh. 
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi. 
5. Miting nutqi. 
6. Rasmiy-diplomatik nutq. 
7. Ilmiy-ommabop nutq. 
2. Akademik nutq: 


1. O'quv yurtlari ma'ruzalari. 
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar). 
3. Ilmiy sharh. 
4. Ilmiy axborot. 
3. Sud nutqi: 
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi. 
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi. 
3. Oqlovchi (advokat) nutqi. 
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi. 
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi. 
4. Ijtimoiy-maishiy nutq: 
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi). 
2. Ta'ziya (motam nutqi).3. Tabrik nutqi (tost). 
5. Diniy nutq: 
1. Hutba. 
2. Va'z. 
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga 
xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish 
– xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga 
bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan 
so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki 
betaraf so‘zlar deyiladi. 
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator 
so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani 
doirasida qo‘llaniladi. 
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha 
nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf 
so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham 
ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat. 
Me’yor tushunchasi 
Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа 
o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki 
nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gа аsоslаnishimiz tаyin. 
Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi. 
Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, 
nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. 
Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi: 
1. Diаlеktаl mе’yor. 
2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori. 
3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori. 
4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor). 
Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа 
yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа 


оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor 
- tilning yashаsh shаklidir. 
Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn 
birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn 
rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi. 
Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. 
Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini 
uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat 
uchun nihоyatdа zаrurdir. 
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi: 
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor. 
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor. 
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori. 
4. Fоnеtik mе’yor. 
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor. 
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor. 
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri. 
8. Imlоviy mе’yor. 
9. Uslubiy mе’yor 
10. Punktuаtsiоn mе’yor. 
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy 
mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - 
bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа 
bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti 
chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til 
mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn 
оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish
rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti 
hisоblаnаdi. 
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra 
ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi 
leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda 
birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til 
vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo 
boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. 
Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. 
deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir 
adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi 
bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi. 
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, 
taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning 
quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) 
publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday 
aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning 
kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal 


qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr 
olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang 
vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va 
frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan 
ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan 
oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan 
soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga 
xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy 
tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir 
koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, 
har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. 
Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. 
Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. 
Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, 
koʻtarinki,tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina 
tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun 
xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, 
aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos 
soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi 
ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning 
birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan 
uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran 
tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov 
gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn 
birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini 
tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, 
buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat 
yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi 
qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin. 

Yüklə 170,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə