3-mavzu Хаlqаrо kapitаl migrаtsiyasi, trаnsmilliy kоmpаniyalаr va jаhоn iqtisоdiyotidа erkin iqtisоdiy hududlаrning tutgаn o’rni



Yüklə 21,17 Kb.
səhifə1/4
tarix02.08.2023
ölçüsü21,17 Kb.
#120224
  1   2   3   4
3-Mavzu JIXIM


3-mavzu Хаlqаrо kapitаl migrаtsiyasi, trаnsmilliy kоmpаniyalаr va jаhоn iqtisоdiyotidа erkin iqtisоdiy hududlаrning tutgаn o’rni
§ 3.1. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilg‘or shakli sifatida
§ 3.2. Kapital eksportining asosiy shakllari va uning о‘ziga xos tomonlari
§ 3.3. Jahon xо‘jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli
§ 3.4. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan о‘rni
§ 3.1. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
ilg‘or shakli sifatida
Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jahon xо‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Xalqaro kapital migratsiyasi- kapital egasi uchun foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat bir vaqtning о‘zida kapitalning importyori va eksportyori bо‘lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida katta foyda uchun kapital olib chiqishning eng muhim sabablari quyidagilardan iboratdir:
- kapital olib chiqilayotgan davlatda uning ortikcha tо‘planganligi;
- jahon xо‘jaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining mos kelmasligi;
- mahalliy bozorni monopolizatsiya qilish imkoniyati mavjudligi;
kapital eksport qilinadigan davlatda arzonroq xom-ashyo va ishchi kuchining mavjudligi;
- barqaror siyosiy holat va umuman qulay investitsion muhitning mavjudligi.


§ 3.2. Kapital eksportining asosiy shakllari va uning о‘ziga xos tomonlari
Jahon hо‘jaligida kapital olib chiqish asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- sanoat, savdo va boshqa korxonalarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan investitsiyalar;
- portfel investitsiyalar (xorijiy obligatsiyalar, aksiya, qimmatbaho qog‘ozlar);
- ssuda kapitalining sanoat va savdo korporatsiyalari, bank va boshqa moliyaviy tashkilotlariga о‘rta va uzoq muddatli kreditlari yoki zayomlari;
- iqtisodiy yordam- tekinga va imtiyozli kreditlar shaklida (foizsiz, kam foizli).
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar xalqaro korporatsiyalarning jahon xо‘jaligidagi xukmronligining asosini tashkil qiladi. Ular korporatsiyalarning xorijiy korxonalariga tо‘liq egalik qilishi yoki aksionerlik kapitalining amalda egalik qilishiga imkoniyat beradi. Odatda, bu shunday investitsiyalarki bunda xorijiy investor kompaniyaning aksionerlik kapitalining 25% dan kam bо‘lmagan miqdoriga egalik qiladi.
Portfel investitsiyalari yirik korporatsiyalar, markaziy va xususiy banklar tomonidan chiqariladigan obligatsiya zayomlarini moliyalashtirish uchun xorijiy kapitalni jalb qiluvchi muhim manbadir. Xorijiy portfel investitsiyalarini jalb qilishda odatda yirik investitsion banklar vositachilik qiladi.



Yüklə 21,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə