3-mavzu Хаlqаrо kapitаl migrаtsiyasi, trаnsmilliy kоmpаniyalаr va jаhоn iqtisоdiyotidа erkin iqtisоdiy hududlаrning tutgаn o’rni



Yüklə 21,17 Kb.
səhifə4/4
tarix02.08.2023
ölçüsü21,17 Kb.
#120224
1   2   3   4
3-Mavzu JIXIM

Xitoy EIH modeli xususiyatlari
Xitoy mamlakati – о‘zining rivojlanishi, tarixi va mukammalligi, ishbilarmonligi borasida faqatgina bizning Respublikamiz ishbilarmonlari uchun emas, balki butun dunyo ishbilarmonlari uchun ham sirli bir mamlakat bо‘lib qolmoqda. Shu bila birga xozirda bu mamlakat dunyoda iqtisodiy о‘yg‘onish va rivojlanish sohalarida ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytib о‘tmoqchi edik – ki Xitoyning YAMMsi xozirgi kunda deyarli AQShning YAMMsi bilan tenglashib qolganyu Bu kо‘rsatgichga esa asrlardirki xech qaysi mamlakat iqtisodiyoti yaqinlasha olmagan.
Erkin iqtisodiy xududlarni tashkil etish Xitoy Xalq Respublikasida Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan 1979 yilning о‘rtalarida kо‘rib chiqilgan. Tashkilotchilarning fikriga kо‘ra erkin iqtisodiy xududlar “tashqi dunyoga oyna” bо‘lishi kerak edi. Xozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy xududlar dunyodagi eng omadlilaridan biri bо‘lib xisoblanadi.
Xozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida 5 ta maxsus erkin iqtisodiy xududlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Shulardan uchtasi: Shenchjen, Chjuxay va Shantou Butun Xitoy Xalq vakillari yig‘ilishining Doimiy komissiyasi qarori bilan 1980 yilda tashkil etilgan bо‘lib, Guandun provinsiyasida faoliyat kо‘rsatmoqda. О‘sha yilning oktabr oyida Fuszyan provinsiyasida Samen erkin iqtisodiy xududdi tashkil etildi. Beshinchi iqtisodiy xudud bо‘lib xisoblangan Xaynan provitsiyasi – Bututn Xitoys Xalq Vakillari yig‘ilishining 7 – chaqiriq 1 – sessiyasi qaroriga asosan 1988 yilning aprel oyida tashkil etilgan.

О‘zbekistonda erkin iqtisodiy xududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud istiqbollar tahlili
Erkin iqtisodiy xududlarini tashkil etishda mamlakatimizda ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Eng asosiylari sifatida 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “erkin iqtisodiy xududlari” tо‘g‘risidagi qonun, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish tо‘g‘risida”gi Farmoni (02.12.2008 y. N PF-4059) kabilarni keltirish mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida MDH mamlakatlarida birinchi bо‘lgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilmoqda. Erkin industrial-iqtisodiy zonaning muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim jihatlardan biri – bu uning yonida joylashgan transkontinental intermodal xab bо‘lib, u 2009 yil yanvaridan buyon yuk tashish bо‘yicha dunyoda yetakchi sanalgan “Korean Ayr” kompaniyasi tomonidan boshqarilmoqda.
Shuningdek, "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada rо‘yxatdan о‘tgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar ruxsat etildi:
ular о‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bо‘yicha hisob-kitob va tо‘lovlarni EIIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;
О‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bо‘lgan boshqa xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valyutada tо‘lash;
eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq tо‘lash va hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.
Umuman “Navoiy” EIIZ О‘zbekistonda faoliyatini boshlagan dastlabki tajriba bо‘lib, uning qanday rivojlanishi albatta mamlakatimiz iqtisdiyotida juda katta rol о‘ynaydi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Erkin iqtisodiy hudud deganda nimani tushunasiz?

  2. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishdan maqsad nima?

  3. Qaysi mamlakatlarning EIH tashkil etish bо‘yicha tajribalarini bilasiz va ularning xususiyatlari?

  4. Offshor hududlarning savdo hududlaridan farqi nimada?

  5. Navoiydagi EIIZning istiqbolini qanday baholaysiz?



1 Колесов В.П., Кулаков М.В. Международная экономика: Учебник. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 474 с.

Yüklə 21,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə