3-mavzu ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari va samaradorligi



Yüklə 12,7 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü12,7 Kb.
#164281
3-mavzu ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari va samarador


3-mavzu

ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI

FAN BO’YICH TAYANCH KONSPEKT



  1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va o‘ziga xosligi

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarning iste’moli uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvo­fiq faoliyatidir. Iqtisodiy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu jarayonda kishilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar boshqa hamma sohalarda (ayriboshlash, taqsimot va iste’mol sohalarida) ro‘y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo‘nalishini belgilab beradi.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo‘jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad iste’mol, ya’niehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kel­masdan bozorda ayriboshlanadi va keyin iste’molga kelib tushadi.



  1. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi

Iqtisodiy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to‘xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim obyektiv zaruriyatdir.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqa­rishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati o‘zgacha. Mate­riallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari paydo bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish vositalari uning moddiy, ishchi kuchi esa shaxsiy omilini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillariningo‘zaro ta’sir usuli texno­logiyada o‘z ifodasini topadi. Кishilar buyumlarning ilgari ma’­lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmat­larning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaningo‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shakliningo‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.



  1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Ehtiyojlarningdoimo yuksalib borishi resurslarning chek­langanligi sababli ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miq­dorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishning imkonini bermaydi. Shu sababli, cheklanganlik tanlovda muqobillikni taqozo etadi.
Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab ishlatish tovar turlarining muqobil variantlaridan eng optimal dara­jasini tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuning uchun korxonalar, mahsulot turini ko‘paytirsa re­surs­lar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga eri­shadi.
Tanlovningvariantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bu qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf - xarajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, turli variantlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga yoki ularning miqdorini kamay­tirishga olib keladi. Inson­ning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovningeng maqbul yo‘llarini topib, to‘g‘ri qaror chiqa­rishni o‘rganishdir.


4. Ishlab chiqarishning natijalari. Ishlab chiqarish funksiyasi
Har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning bir­galikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi.
Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsu­lotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rta­sidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi.
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom­ashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsu­lotningmutlaqhajmidir.
O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning (К) birbirligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot (M) miqdorini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K)
Qo‘shilgan mahsulot deb,eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi.
Har bir qo‘shilgan resurs evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi.
Yüklə 12,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə