3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari



Yüklə 107,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü107,98 Kb.
#181910
1   2   3   4   5   6   7   8
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari

S
a
n
a
 
M
ij
o
zn
in
g
 
fa
m
il
iy
a
si
 v
a
 i
sm

M
a
’l
u
m
o
ti
 
M
u
a
m
m
o
si
 
K
el
g
a
n

 v
a
q
ti
 
P
si
x
o
lo
g
 i
sm

sh
a
ri
fi
 
Q
o
‘s
h
im
ch
a
 
m
a
’l
u
m
o

Yuqori tashkilotlarga hisobot topshirishda qulaylik bo‘lishi uchun 
maslahatchining hohishiga ko‘ra ushbu jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 


Jadvalning “Qo‘shimcha ma’lumotlar” bo‘limiga alohida e’tibor beri-lishi 
talab etiladi. Ushbu bo‘lim mijozning haqiqiy psixologik tavsif-larini to‘plashga 
xizmat qiladi. 
Psixologik 
maslahat 
sohasida 
tadqiqotchilar 
maslahat 
jarayonini 
bosqichlarning bir-biri bilan tartibli ravishda almashinuvi tarzida tasavvur 
qilishadi. 
Yu.Ye.Aleshina maslahat bosqichlarini to‘rt bosqichga bo‘ladi: 
1)
Mijoz bilan tanishuv; 
2)
Mijoz bilan surishtiruv ishlarini olib borish, maslahat taxmin-larini 
izohlash va tekshirib ko‘rish;
3)
Korreksiyali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish; 
4)
Suhbatning tugallanishi. 
V.Yu.Kenov
щ
ikov o‘zining “Psixologik maslahatga kirish” risolasida 
maslahat bosqichlari psixologik maslahatning asosiy usuli-intervyu jarayonlari 
bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatgan. 
Intervyu-ingliz tilidan interview- suhbat, uchrashuv ma’nosini bildiradi. 
Ushbu so‘z ko‘p ma’nolidir. Og‘zaki so‘rov yordamida ijtimoiy-psixologik 
ma’lumotlarni olish bo‘yicha psixologik amaliyotda qo‘llani-lishi muhim ahamiyat
kasb etadi. 
Intervyu jarayonlari quyidagilardan iborat: 
1)
Aloqani o‘rnatish; 
2)
Ma’lumotlarni olish (Muammo nimadan iborat?); 
3)
Kutilayotgan natijani anglash (Aynan nimani o‘zi hohlaysiz?); 
4)
Alternativ qarorlarni ishlab chiqish (Ushbu holat bo‘yicha yana nima 
qilishi mumkin?); 
5)
Natijalarni umumlashtirish. 
R.S.Nemov psixologik maslahatning quyidagi bosqichlarini tavsiya etadi: 
1.
Tayyorgarlik bosqichi-20-30 daqiqa. Bu bosqichda maslahatchi mijozning 
hujjatlarini o‘rganadi, muammo yechimiga doir adabiyotlarni tanlaydi va maslahat 
o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi. 
2.
Taraddud bosqichi-5-7 daqiqa. Mijozni kutib olish, aloqani o‘rnatish. 
3.
Tashxis bosqichi-60 daqiqa. (boshqa holatlarda 4-6-8 soat ham bo‘lishi 
mumkin). Mijoz shaxsini tashxis qilish, muammo yechimiga qaratilgan ichki 
imkoniyatlar. 
4.
Tavsiyali bosqich. Ushbu bosqichda olingan ma’lumotlar asosida 
muammo yechimining yo‘nalishlari yuzaga keladi. Konsultant bilan mijoz 


hamkorligida ushbu yo‘nalishlar izlanish ishlarini amalga oshirish-ga 40-60 daqiqa 
vaqt ketadi. 
5.
Nazorat bosqichi- 20-30 daqiqa. Yo‘nalishlarni amalga oshirilishiga 
qaratilgan nazorat yo‘llarini topish maqsadida psixolog maslahatchi bilan mijoz 
o‘zaro kelishishadi. 
Shunday qilib, uchrashuvning umumiy vaqti ikki-uch soatdan o‘n-o‘n ikki 
soatgacha bo‘dgan oralig‘ni tashkil etadi. 
Yuqorida e’tirof etilgan tuzilmalar uyg‘unligida psixologik masla-hat 
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: 
1.
Birinchi bosqich. Ishning boshlanishi. Ushbu bosqich tarkibiga mijozni 
kutib olish, tanishish aloqasini o‘rnatish kabi komponentlar kiradi. 
2.
Ikkinchi bosqich. Ma’lumotlarni to‘plash. Mazkur bosqichning maq-sadi 
mijozning shaxsiga tashxis qo‘yish (suhbat, kuzatuv, testlar), mijoz-ning resursini 
aniqlash, muammo mohiyatini aniqlash. 
3.
Uchinchi bosqich. Strategiyali: muammoning yechimi imkoniyatlarini 
aniqlash, harakat rejasini muvofiqlashtirish, belgilangan rejani amalga oshirish 
yo‘llarini aniqlash. 
4.
To‘rtinchi bosqich. Rejaning mijoz tomonidan amalga oshirilishi. Rejani 
bajarilishi mijoz tomonidan mutaxassisning ishtirokisiz musta-qil amalga 
oshiriladi. 
Har bir maslahatning bosqichi uchun tegishli jarayonlar taalluqlidir, ularning 
qo‘llanilishi psixologik maslahatda yuqori natijalar olishga omil hisoblanadi. 
Shu bilan bir qatorda mutaxassis ham odam. Z.Freydning fikricha, har 
qanday ma’lumotli odam psixoterapevt bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan “har 
qanday” iborasi shubhasiz qarama-qarshi qarashlarni yuzaga keltiradi, ammo 
ushbu fikr asosiy g‘oyasining o‘zi qiziqarlidir. Agar hozir siz muto-alaga bir oz tin 
berib, xayollar og‘ushiga ketsangiz, sizning yoki yaqinlarin-giz hayoti davomidagi 
ba’zi lavhalarda bir suxan so‘zi, nazari yoki sukut saqlash ishtiroki bilan murakkab 
holatlarni yengishda yordam bergan kerakli odam eslanadi. Xo‘sh, bunday ajoyib 
“kerakli odam” qanday xususiyatlarga ega bo‘lgan? 
Vazifa. Savolga javob bering. 
1.Uning davrasida psixologik o‘ng‘aylikni his qiladigan odam qanaqa 
shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘ladi? 
2.O‘zingiz qanaqa shaxsiy xususiyatlarga egasiz? 
3.Qanaqa mashqlar, sizning fikringizcha, ushbu xususiyatlarni rivoj-
lantiradi? 


Maslahat berish sohasidagi maslahat jarayonining samaradorligi uchun 
zarur bo‘lgan mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga ta’rif berish bo‘yicha bir 
necha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Natijada quyidagi ruyxat hosil bo‘lgan: empatiya, 
hissiy yaqinlik, ijobiy munosabat (Karl Rodjers), sami-miylik (Rodjers K.,Trua), 
yumor tuyg‘usi, turmushning ayanchli tuyg‘usi, aniqlilik, o‘z-o‘zini anglash va 
refleksiya. 

Yüklə 107,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə