Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari



Yüklə 57,41 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü57,41 Kb.
#142584
  1   2   3   4   5
Mavzu Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari-fayllar.org


Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari

Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari
Reja:
  1. TURKIY TILLAR Fonetikasi


Reja:
1. Turkiy tillar vokalizmi.


2. Unlilarning qisqa-uzunligi.
3. Turkiy tillarda unlilar mosligi.
II. TURKIY TILLARDA FONOLOGIK BIRLIKLAR. TURKIY TILLARDA SINGARMONIZM

1. Turkiy tillarda bo‘g‘in.

2. Turkiy tillarda urg‘u.
` 3. Turkiy tillarda singarmonizm:
3.1. Unlilar garmoniyasi.
3.2. Palatal va labial garmoinya.


`
1. Turkiy tillar vokalizmi. Turkiy tillar o‘zlarining leksik, grammatik xususiyatlari bilangina emas, balki fonetik xususiyatlariga ko‘ra ham mushtarak-liklar bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mana shunday xususiyatlari bilan ular bir-biridan o‘zaro farqlanadi. Demak, turkiy tillarning bir-biriga yaqinlik yoki uzoqlik darajasini belgilashda ham ularning fonetik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillarning bobotil davridagi unlilarning miqdori masalasi hanuz turkologlar orasida munozarali bo‘lib kelmoqda. Ayrim turkologlar turkiy tilda sakkizta unlining mavjudligini ta’kidlaydilar. Ular qisqa va cho‘ziq unlilardan iborat bo‘lgan. Ushbu fikrni birinchi marta V.V.Radlov ilgari surgan edi. Bobotil davridagi unlilar tizimi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Qisqa: a, ä, o, ö, u, ü, ї, i.
Uzun: a:, ä:, o:, ö:, u:, ü:, ї:, i:.
Turkiy bobotil davrida yopiq ye (e) unlisining mavjud bo‘lganligi ham munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Enasoy obidalarida ushbu unlining bo‘lganligi ta’kidlanadi. Bu unli o‘rxun yodnomalarida uchramaydi. Lui Bazen ushbu fonemaning fonologik xususiyatga ega emasligini ko‘rsatgan. U fonologik jihatdan, ayni paytda, a va i ga qarama-qarshi emas. Bundan tashqari, uniñ mavjudligi turkiy vokalizm tizimiga putur yetkazgan bo‘lardi.
V. V. Radlov, keyinchalik, ozarbayjon tili materiallariga tayangan holda, unlilar miqdorini 9 taga yetkazadi: a, ä, o, ö, u, ü, e, ї, i.


Yüklə 57,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə