Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari


TURKIY TILLARDA FONOLOGIK BIRLIKLAR. TURKIY TILLARDA SINGARMONIZM



Yüklə 57,41 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü57,41 Kb.
#142584
1   2   3   4   5
Mavzu Turkiy tillarning fonetik-fonologik xususiyatlari-fayllar.org

TURKIY TILLARDA FONOLOGIK BIRLIKLAR. TURKIY TILLARDA SINGARMONIZM


1. Turkiy tillarda bo‘g‘in. Turkiy tillarda bo‘g‘inning asosiy elementi– yadrosi sifatida faqat unli sanalishi mumkin. Undoshlar esa bo‘g‘inning oldingi va oxirgi qismini hosil qiluvchi elementlardir. Bo‘g‘inda unlining mavjud bo‘lishi shart, undoshlarniki esa bunday emas.
Turkiy tillarda bo‘g‘inning quyidagi asosiy tiplari mavjud: V, V+C, V+C+C, V+C, C+V+C, C+V+C+C.
Unlilarning bo‘g‘in hosil qilishdagi vazifasi chegaralanmagan bo‘lsa, bo‘g‘inda undoshlar miqdori va qisman sifat chegarasiga ega. So‘z boshida bitta undosh bo‘lishi mumkin, oxirida undoshlar soni ikkita bo‘lib, ulardan biri, odatda, sonant (ng dan tashqari), kam holatda jarangsiz oraliq, ikkinchisi shovqinli portlovchi bo‘lishi mumkin. Bunda bo‘g‘inning oxirgi qismidagi undoshlar qo‘shilib, ularning ko‘pchiligi morfologik elementlarni biriktiradi: o‘zakka qo‘shilganlar-umumturkiy holat darajasidagi bunday elementlar unlilar vositasida birikadi: q.turk. elt (elt)<älit; ayt (ayt)<ayit, tinch (tinch)<tinich, körk (obraz, go‘zallik)<körük.
Ayrim turkiyshunoslar turkiy tillar uchun uchta elementdan–C+V+Cdan iborat o‘zak-bo‘g‘inni tipik deb hisoblaydilar. Bunda o‘zak-bo‘g‘inlar, haqiqatan ham, alohida o‘rin egallaydi. Bunga boshqa tiplar ham borib taqaladi: ozarb. ud (yut)<yut, il (yil)<yil; tuv. ü:s (suzmoq)<sus; yoq. al (sudno, sol)<säl, üt (sut)< süt, ia (sog‘moq)<sag‘, tia (tayga, o‘rmon)<tag‘, u (suv)<sug‘~sub; qirg‘. sürt. (surkamoq)<sür+t. Ammo C+V+C tipidagi bo‘g‘inlarga V, S+V, V+S tipidagi bo‘g‘inlarni olib borib taqash mumkin emas. Bunday bo‘g‘inga o‘xshagan boshqa tiplari, chunonchi, C+V+C tipi doimo birlamchi emas: ozarb. sin (sinmoq)<si+n; o‘zb. bog‘<pä+g‘; qirg‘. sun (tortmoq)<sü+n. C+V+C tipidagi bo‘g‘inlarni hosil qilish imkoni bo‘g‘in boshidagi unlilarni y, v, h undoshlari bilan protezalanishini vujudga keltiradi. Bu, ko‘pincha, chuvash, ozarbayjon, turkman, o‘zbek, uyg‘ur va gagauz tillariga xosdir. Turkiy tillarda oxiri undosh bilan tugagan barcha turli tipdagi bo‘g‘inlarga oxiri unli bilan tugagan bo‘g‘inlar avvalgi bo‘lib, bu turkiy bobotil, shuningdek, mo‘g‘ul tillarida ham ochiq bo‘g‘inlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu munosabat bilan, ta’kidlash kerakki, ayrim turkiy tillarda oxiri unli bilan tugaydigan ikki bo‘g‘inli o‘zaklarga boshqa turkiy tillardagi bir bo‘g‘inli yopiq o‘zaklarga, ma’lum darajada, muntazam ravishda mos kelishini namoyon etadi. Ammo ulardagi qo‘shimcha unlilar yagona rivojlanish chizig‘ini tashkil qilmaydi. Demak, ushbu struktura xususiyatini umumturkiy darajasida bo‘rttirish holati yo‘q.

Yüklə 57,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə