3-mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori



Yüklə 134,32 Kb.
səhifə4/9
tarix28.03.2022
ölçüsü134,32 Kb.
#84812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu. Milliy qadriyatlar millat iftixori

Xatna qilish to‘yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o‘zbek odatidir (sunnat to‘yi). Bu marosim o‘g ‘il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o‘tkaziladi. Sunnat to‘yining o‘tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O‘g ‘il bolaning tug ‘ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to‘yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko‘pincha oddiygina «to‘y» ham ataladigan marosimning o‘tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo‘shnilar ko‘rpalarni tikishda, to‘y sovg ‘alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko‘p bolali onalarga topshiriladi.

Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o‘zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo‘la turib, u turli viloyatlarda o‘zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o‘tishi paytidir. To‘y kuni kuyovnikida to‘y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o‘tkaziladi. To‘y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o‘qiydi va yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.

Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi. Biron-bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy merosini saqlab qoldi.




Yüklə 134,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə