3-mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori


Milliy urf-odatlar va an’analar



Yüklə 134,32 Kb.
səhifə2/9
tarix28.03.2022
ölçüsü134,32 Kb.
#84812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu. Milliy qadriyatlar millat iftixori

Milliy urf-odatlar va an’analar
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar, marosimlar o‘tkazganliklarini yaxshi bilamiz. Albatta, bu bayramlar mavsum va marosimlar bilan bog ‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, bahor uyg ‘onish fasli, tabiatning yangilanishi, gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko‘rishi davri. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so‘ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproq yozishini bayram qilishgan.

Hovli to‘yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug ‘larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko‘chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to‘y qilingan. Bu to‘y ham ko‘proq kuz yo qishda o‘tkazilgan. Hovli to‘y munosabati bilan yanada shinam, ko‘rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to‘yidan keyingina yangi imorat o‘zlashtirilgan, unda yashashga o‘rganilgan, kirishilgan. Bu to‘y ham nikoh to‘yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo‘rg ‘on sanalgan.

Hayitlar qadimiy diniy bayram bo‘lib, ularning tarkibiga kirgan ko‘pgina marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo‘lgan. Islom ularni omuxtalab, o‘z qonunlarini qo‘shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan. Hayitning ikki xili mavjud bo‘lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti, Katta hayit deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg ‘on arafa, 1 kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi.




Yüklə 134,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə