3-Mavzu: O`qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari



Yüklə 301,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü301,77 Kb.
#153813
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

To`g`ri 
o`qish
deganda 
xato 
qilmasdan, 
yanglishmasdan 
o`qish 
tushuniladi
, ya`ni to`g`ri o`qish so`zning tovush-harf tarkibini
grammatik formalarni buzmasdan, so`zdagi tovush yoki bo`g`inni 
tushirib qoldirmay, oshiqchasini qo`shmay, harflar o`rnini almashtirmay, 
aniq talaffuz qilib, so`zga urg`uni to`g`ri qo`yib o`qish hisoblanadi. M. 
Odilova va T. Ashrapovalar 
«Adabiy talaffuz normalariga qo`yilgan 
barcha talablar to`g`ri o`qish ko`nikmasiga ham taalluqlidir», 
- deb 
ta`kidlaydilar. Rus metodisti YAkovleva
 
to`g`ri o`qishga quyidagicha 
ta`rif bergan: 
«To`g`ri o`qish
- bu materialni tovush
tomondan xatosiz va 
bir tekisda ravon nusxa ko`chirishdir». 
Demak, to`g`ri
 
o`qish so`zning 
tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik 
me`yorlar asosida o`qishdir. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn 
mazmunini tushunish o`rtasida puxta sintez yo`q bo`lgani uchun ular 
o`qishda xatoga yo`l qo`yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni 
qiyinlashtiradi. 
To`g`ri o`qish so`zning 
uzun-qisqaligiga
, o`quvchining so`z boyligiga, 
ya`ni so`zning leksik ma`nosini qanchalik bilishiga hamda so`zning 
bo`g`in va morfemik tarkibiga bog`liq. O`quvchilar ko`pincha quyidagi 
sabablarga ko`ra xatoga yo`l qo`yadilar: 
1.So`zni talaffuz qilish bilan uning ma`nosini tushunish 
o`rtasida puxta sintez bo`lmagani uchun, ya`ni bola so`zning oldin 
tovush tomonini ko`radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So`zning 
ma`nosini esa e`tibordan chetda qoldiradi. 
2.
So`zning bo`g`in tuzilishi murakkabligi tufayli. So`z ko`p 
bo`g`inli bo`lsa, bola uni oldin eshitmagan bo`lsa xatoga yo`l 
qo`yadi. 
3.
So`zning ma`nosini bilmaslik tufayli xatoga yo`l qo`yadi. 
4.
Tez o`qiyman deb xatoga yo`l qo`yadi. 


5.
To`g`ri o`qish yorug`likka va yorug`likning tushishiga ham 
bog`liq. 
6.
Undosh tovush so`zning o`rtasida va oxirida kelgan yopiq 
bo`g`inli so`zlarni o`qishda qiynaladilar. 
Xato o`qishning oldini olish uchun quyidagilar e`tiborga olinadi:
1.Matnni o`qitishdan oldin undagi o`qilishi qiyin so`z, birikma va 
gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. 
Tuzilishi murakkab so`zlarni bo`g`inlab o`qilishini mashq qildirish. 
2.Matnni 
o`qishdan 
oldin 
uning 
mazmunini 
tushunishni 
qiyinlashtiradigan so`zlarning lug`aviy ma`nosini tushuntirish. So`z 
ma`nosini izohlash usullarini aniqlash. 
3.Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 
3.Matnni diqqat-e`tibor bilan o`qishlari uchun sharoit yaratish. 
4.Oldin ichda o`qitish, so`ng ovoz chiqarib o`qitish. 
6.O`qitishda 
o`quvchilarning 
individual 
xususiyatlarini 
hisobga 
olish,ya`ni matnni oson, o`rtacha qiyinlikda va qiyin o`qiladigan 
o`rinlarini belgilab olib unga kuchi etadigan o`quvchilarga oldindan 
taqsimlab olish. 
7.O`quvchilarning o`qishini muntazam tekshirib turish. 
8.
Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to`g`ri tuzatish 
yo`lini aniqlash. 
9.O`quvchilarni xato qilish mumkin bo`lgan o`rindan ogohlantirib 
turish.
10.Xat cho`pdan foydalanish. 
11.Xato o`qish o`quvchining shaxsiy ko`ruv sezgisiga ham bog`liq 
bo`ladi. O`qituvchi tuzilishi murakkab so`zlarni oldindan doskaga yoki 
kartonga bo`g`inlarga bo`lib yozib qo`yib, o`quvchilarga xor bo`lib 
o`qitilishi yaxshi 
natija beradi.


O`quvchilar yo`l qo`ygan xato ikki xil yo`l bilan tuzatiladi: 1) O`quvchi 
so`z oxiridagi qo`shimchani noto`g`ri o`qisa, o`quvchini o`qishdan 
to`xtatmasdan xatoni to`g`rilash mumkin; 2) xato o`qish bilan 
gaplarning 
mazmuni 
buzilsa, 
qayta 
o`qitish 
usulidan 
foydalaniladi.Bunda o`quvchiga o`qigan matni yuzasidan savol berilsa, 
o`quvchi e`tiborli bo`lib qayta o`qiydi. 

Yüklə 301,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə