3-mavzu. O'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja


G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar



Yüklə 59,73 Kb.
səhifə5/5
tarix18.07.2023
ölçüsü59,73 Kb.
#119676
1   2   3   4   5
3-mavzu. O\'Rta asrlarda yevropaning iqtisodiy rivojlanishi reja-fayllar.org

G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar 
shundan dalolat beradiki: jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan hunarmand va
dehqonlarn- ing mayda xo'jaliklari XVI asrda o'z imkoniyatlarini tugatib bitirdi va endilikda
mustaqil rivojlanishga qodir bo'lmay qoldi.
Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o'zgara bordi, chunki u endi mehnat
qurollarini olish uchun tobora ko'proq mablag' sarflashi kerak bo'la boshladi.
Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap- ital egasiga iqtisodiy
qaram bo'lib qolishini yengillashtirdi, mayda ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga
bo'ysunishiga olib keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab chiqarish
shakllariga o'z joyini bo'shatib berishga majbur qildi.
Tog'-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so- halarida mayda sanoatning
"qobiliyatsizligi" yanada yaqqol namoyon bo'ldiki, hunarmand o'z mablag'lariga shaxta, domna
o'choqlari, temirga ishlov berish uchun og'ir to'qmoqlar sotib ola olmas va bularni faqat o'z kuchi
bilan ishlata olmas edi. Bu sohalarda alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik ishlab
chiqaruvchilar tomonidan surib tashlanishi aniq edi.
Mayda ishlab chiqaruvchilarni mahsulot yoki sudxo'rlar kap- italiga asta-sekin
bo'ysundirish yo'li bilan kapitalistik sanoatni tashkil etish amalga osha bordi. Bunday
bo'ysundirish darajasi va aniq shakllari turlicha edi.
Avvaliga hunarmand, o'z xo'jaligiga shaxsiy egaligini saqla- gan holda, savdogardan xom-
ashyo sotib olar yoki xom-ashyoni qarzga olar edi.
Amalda mayda ishlab chiqaruvchi bora-bora savdogarga qaram bo'lib borar, undan xom-
ashyo olib, avvaldan belgilab qo'yilgan narxda mahsulot tayyorlab berishga majbur edi.
Hunarmandning savdogarga yoki sudxo'rga bo'ysunish va qaramlik shaklining ay- nan shu
ko'rinishi XVI asrda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan edi.
Hunarmand savdogardan vaqtincha foydalanish uchun meh- nat qurolini olib turishga yoki
uni sotib olish uchun pul qarz ol- ishga majbur bo'lar edi. Bunday holda mayda ishlab chiqaruvchi
maosh olib ishlovchi yollanma ishchiga deyarli to'liq aylanib qo- lar edi. Shunday qilib, asta-sekin
bevosita ishlab chiqaruvchi o'z xo'jaligi va ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqidan mah-
rum bo'lgan ishlab chiqarishning mini shakli paydo bo'ldi. Sanoat ishlab chiqarishishning bunday
shakli kapitalistik uy sanoati deb nom oldi, Demak, mayda ishlab chiqarish xususiyatini saqlab
qol- gan kapitalistik ishlab chiqarishning eng quyi shakli uyda ishlash yoki tarqoq manufaktura
edi.
Kapitalistik ishlab chiqarishning bunday shakli XVI asrda juda keng tarqaldi, ayniqsa, sex
cheklashlari yo'q bo'lgan qishloqlarda tarmoq yoydi. Iqtisodiy hayotning yangi sharoitlarida
qishloq hu- narmandlari mustaqil ishlab chiqaruvchi bo'lish imkoniyatiga ega emas va bir yo'la
savdogarga ishlab boshlar edilar, ya'ni amalda yollanma ishchilar bo'lib qolgan edi. Natijada
qishloqda mayda, lekin mohiyati jihatidan kapitalistik bo'lgan, jun va zig'irdan ga- zlama to'qish,
ko'pgina metall buyumlar va boshqalarni ishlab chiqarish bo'yicha rayonlar paydo bo'ldi.
Tarqoq manufakturada ishchilar bir-biridan makon jihatidan ajralgan bo'lishiga qaramay,
mehnat taqsimoti bilan bog'langan edilar; birovlari xom-ashyodan yarim tayyor mahsulot ishlab
chiqarsa, boshqalari uni tayyor mahsulot darajasiga yetkazardi- lar. Mahsulot ishlab chiqarishning
ayrim bosqichlari ustaxonalar- da amalga oshirilar edi, bu yerda yollanma ishchilar bir binoning
ichida tadbirkorning rahbarligi ostida ishlar edilar. Odatda bunday ustaxonalarda mahsulot
tayyorlashning ko'proq jarayonlari, masalan soat yig'ish ishlari va hokazolar bajarilar edi. Bunday
manufakturalar aralash manufakturalar deb atalar edi.
Eng rivojlangan manufaktura, odatda sobiq sex ustalari tomonidan tashkil etilgan,
markazlashgan manufaktura edi. Unda mehnat taqsimoti qo'llanilar, ayrim ishchilar u yoki bu
jarayon- larni bajarishga ixtisoslashgan bo'lib, bu ish unumdorligini ancha oshirar edi. Barcha
ishchilar bitta binoda tadbirkor yoki ustalar nazorati ostida ishlar edilar.



3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI


Kapitalizm rivojlanishining birinchi davrida - XVI asrdan XVIII asrning so'ngi uchdan
birigacha - G'arbiy Yevropada manufaktura kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy shakli edi.
Ishchilarni bir binoga birlashtirish ular orasida mehnatni mukammal taqsim- lash, texnologiyani,
ish qurollari va asboblarini takomillashtirish imkonini berdi hamda sanoat to'ntarishi davrida
mashinalashgan texnologiyalarga o'tishga zamin tayyorladi.
Sanoatning alohida sohalarida kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va
shakli turlicha edi. Ishlab chiqarish vositalari sezilarli qimmatlashgan va murakkablashgan
sohalarda kapitalizm ayniqsa jadal rivojlandi. Bunday sohalar qatoriga tog'-kon sanoa- ti, metallga
ishlov berish, ayniqsa qurol ishlab chiqarish, kemaso- zlik, qog'oz ishlab chiqarish, porox, ipak
tolalari ishlab chiqarish, bosma ishlari va boshqalar kiradi.
Bu sohalarda kapitalistik tashkilotlarning hajmi unchalik katta bo'lmagan, faqatgina ayrim
artilleriya va boshqa turdagi qurol- larni ishlab chiqarish manufakturalarida bir necha yuz kishidan
iborat ishchilar ishlagan. Hunarmandchilik texnika saqlanib qolgan sohalarda kapitalizm juda
sekin rivojlanardi. Bu ishlab chiqarish sohalariga G'arbiy Yevropa mamlakatlarida to'qimachilik
va teri mahsulotlaridan kiyim tikish kabilar kirardi.
Qishloq xo'jaligida sanoat sohasiga nisbatan kapitalizm ancha- gina sekin ildiz otardi.
Bunga asosiy sabab qishloq xo'jaligida tex- nikaning sust rivojlanishi, yerga feodal
mulkchiligining mavjudligi, dehqonlarning shaxsiy erkinligi yo'qligi va feodal munosabatlari
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida saqlanib qolganligi bo'ldi.
Qishloq xo'jaligida kapitalizmning paydo bo'lishini dehqonlarning qayta tabaqalanishi,
zodagonlarning paydo bo'lishi, yetishtirilgan mahsulot bozorlarga chiqarilishi hamda past sifatli
qaram dehqonlar mehnatini yollanma ishchilar mehnatiga al- mashtirilishi jarayonlarida kuzatish
mumkin. G'arbiy Yevropadagi bunday o'zgarishlar qishloq xo'jaligida kapitalizmning keng rivojl-
anishiga olib kelmadi, faqatgina Angliyada kapitalizatsiya jarayoni juda keng miqyosda rivojlandi
va natijada agrar sektorda katta o'zgarishlarga olib keldi.
Umuman olganda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi bir xilda
kechmasdi, lekin bu hududda kapitalizm qay- sidir ma'noda faol rivojlanardi. Bu holatga, har bir
mamlakatda mavjud aniq sabablarga bog'liq edi. Bunga misol qilib, XIV-XV as- rlada Italiyada
kapitalizmning ilk kurtaklari paydo bo'lib, XVI asrda inqirozga uchraganini ko'rsatishimiz
mumkin. XVI asrga kelib, Germaniya va Ispaniya davlatlari iqtisodiy rivojlanishda orqada qola
boshladi va Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari intensiv ravishda iqtisodiy jihatdan juda tez
rivojlanadi hamda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shiladi.
Lekin shuni aytib o'tish kerakki, XVI asrda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida
kapitalizmning rivojlanishi kapitalizmdan oldingi xo'jalik tizimining butunlay yo'q bo'lib
ketishidan dalolat ber- masdi. Kapitalistik ishlab chiqarish faqatgina feodalizm unsurlari muhitida
shakllanayotgan uklad edi, xolos.
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida kapitalistik munosa- batlar rivojlanishi sur'atlari
tezlashdi.
3.5. 
Buyuk geografik kashfiyotlar
XVI -XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida feodal tuzumning barham topishi va feodal
jamiyat negizida yangi, kapitalistik mu- nosabatlar tug'ilishi jarayoni yuz berdi.
O'zgarishlar G'arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatdi.
Feodal ishlab chiqarish munosabatlari asta-sekin o'zining cheksiz ustunligini yo'qota boshladi.
Dastlab- ki kapital to'plash jarayoni ildiz ota boshladi. Mehnat taqsimoti yanada o'sdi.
Dehqonlarning yersiz qolishi va shahar hunarmandlarining xarob bo'lishi natijasida paydo
bo'lgan yollanma ishchilar ishlay- digan kapitalistik manufakturalar yuzaga keldi. Ijtimoiy
tuzilishda ham o'zgarishlar yuz berdi; feodal jamiyatda yangi sinflar - bur- juaziya va proletariat
shakllandi.
Kapitalizmning rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida ahamiyat kasb etdi
(XV asr oxiri - XVII asr). Yangi savdo yo'llari va ilgari ma'lum bo'lmagan mamlakatlar va
kontinentlarn- ing ochilishi, Yevropa bilan dunyoning boshqa mamlakatlari orasi- da doimiy
aloqalar o'rnatilishi nisbatan qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlari xo'jaliklariga ulkan mablag'lar



3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI


keltirdi.
Olimlarning fikricha: "XVI-XVII asrlarda geografik kashfiyotlar natijasida yuz bergan
buyuk inqiloblar va savdo-sotiq kapitalining tez rivojlanishi ishlab chiqarishning feodal usulidan
kapital usu- liga o'tishiga ko'mak bergan eng asosiy omillardan biridir".
XV
asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropa davlatlarining Sharq bilan savdo-sotiq
sohasida paydo bo'lgan qiyinchiliklar va mu- omala vositalarining keskin yetishmovchiligi buyuk
geografik kashfiyotlar uchun turtki bo'lib xizmat qildi. Avval an'anaviy bo'lgan sharq yo'llari
turklar, arablar va tatar-mo'g'ullar tomonidan bosib olingan edi. Arablarning sharq mahsulotlarini
Yev- ropaga olib kelishda hukmronligi hamda mahsulotlarni 8-10 ba- ravar narxlarda sotishi
Yevropaliklar uchun o'ta foydasiz bo'lsa, turklarning o'zboshimchaligi va bosqinchiligi umuman
tovar ayir- boshlash jarayoniga tahdid sola boshlagan edi.
Ammo Venetsiyaliklar va Genuyaliklar turklar bosib olishi- dan ko'rgan zararlarini
narxlarni ko'tarish yo'li bilan qisman qo- play olardilar. Sharqdan keltiriladigan gazlamalar,
taqinchoqlar, ziravorlar va qimmatbaho zeb-ziynat buyumlarining xaridorlari bo'lgan boshqa
Yevropa davlatlarining feodallari va savdogarlari nafaqat turk bosqinchiligiga qarshi, balki
Italiyaliklarning Levan- tiya savdolaridagi vositachiligiga qarshi ham boshqa yo'l bilan
kurashishga harakat qildilar. Shu sababli Genuyalik dengizchi Kolumbning Hindistonga Atlantika
orqali yo'l topish rejasi Ispani- yada qo'llab-quvvatlangani ham bejiz emas edi.
XV
asrda G'arbiy Yevropada muomala vositasi sifatida oltin va kumush yetishmasligi
jiddiy sezila boshladi. Buning sababi faqatgina savdo-sotiqdagi o'zgarishlar natijasida oltinning
Shar- qqa qarab oqib ketishi emas, balki sanoat va savdoning o'sishi natijasida G'arbiy Yevropada
muomala vositalariga bo'lgan talab keskin ortgan bir paytda Germaniya va Ispaniyaning kumush
zaxiralari kamayib ketganligi ham edi. Feodal aristokratiya va tug'ilayotgan burjuaziya boyish va
boylik orttirishga harakat qilar edi. "Oltin tashnaligi" tezda hal qilish kerak bo'lgan dolzarb iqti-
sodiy muammoga aylandi. Bu esa okeanlar orqali Sharqqa yangi yo'llar topishga undar edi.
Feodal yerlarining qismlarga bo'linib ketishi dvoryanlarning kambag'allashuviga olib
keldi. Aynan kambag'allashgan dvoryanlar konkvistadorlarning asosini tashkil etdilar.
Buyuk geografik kashfiyotlarni osonlashtirgan siyosiy omillar orasida shuni aytish joizki,
faqat markazlashgan qudratli monarxi- yalargina yirik dengiz ekspeditsiyalarini moliyalashtirish
imkoniga ega edilar. Bundan tashqari, yollanma armiya va amaldorlarga haq to'lash, boshqa
xarajatlarni qoplash uchun pul vositalarining yakkahukmronligiga talab ortgan edi.
Yevropada texnika va fanning rivojlanishisiz buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshmas
edi. Birinchi navbatda bu kemasoz- lik, navigatsiya va geografiya sohalariga tegishli O'rta Yer
dengizi basseynida qo'llanilgan elkanli va eshkakli kemalar okean say- ohatlari uchun yaroqsiz
edi. XV asrda yaratilgan karavella uchta ishchi machtalarga va qavat-qavat joylashgan bir nechta
elkanlar- ga ega edi. Bu dovullarda havfni kamaytirar, kamroq ekipaj talab qilar, kemaning suzish
tezligini oshirar va shamolning har qanday yo'nalishida kerakli kurs bilan suzish imkonini berar
edi. Navigatsiya fanidagi yutuqlar eng avvalo kompasning takomillashuvi bilan bog'liq bo'lib, bu
aniqroq dengiz kartalarini chizish imkonini berdi.
Lekin trans atlantik suzishning amalda mumkinligini asoslagan nazariya bo'lmaganda,
hech qanday texnik yangiliklar o'z rolini o'ynay olmas edi. XV asr oxirida yerning shar shaklida
ekanliga to'g'risidagi antik tushunchalar qayta tug'ildi, Florensiyalik as- tronom va kosmograf
Paolo Toskanellining g'arbga harakatlanib, Hindistonga borish mumkinligi to'g'risidagi taxmini
to'g'ri, deb qabul qilina boshlandi.
Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o'zlashtirilmagan kengliklariga qilingan
qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. Ularda Yevropaning turli davlatlaridan ko'plab dengizchi
va olim- lari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi va Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga borish
yo'lining kashf etilishiga olib kelgan ikki qator ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo'ldi.
Hindistonga dengiz yo'lini ochish uchun portugaliyaliklar bir necha bor ekspeditsiya
uyushtirdilar va XV asr davomida Afri- kaning G'arbiy sohili bo'ylab borgan sari janub tomon
siljidilar. 1486 yili Bartolomeo Dias boshchiligidagi Portugaliya flotiliyasi, dovul oqibatida Afrika
sohillaridan uzoqlashib ketganiliga qara- may, kutilmaganda Afrika materigining janubiy nuqtasi



3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI


(Dobra- ya Nadejda buruni) aylanib o'tdi. O'n ikki yildan so'ng Vasko da Gama boshchiligidagi
ekspeditsiya Hind okeaniga o'tib, Hindis- ton qirg'oqlariga yetib bordi. Ispaniyada g'arb
yo'nalishida ekspeditsiya uyushtirildi. 1492 yili Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf
qilindi.
Pedru Kabral va Amerigo Vespuchchi. Keyingi ekspeditsiyalar- da Yangi Dunyo
qirg'oqlariga portugaliyalik Pedru Kabral va Florensiyalik Amerigo Vespuchchi yetib bordilar.
Yangi qit'a Amerigo
Vespuchchi nomi bilan Amerika deb atala boshlandi. Yevropaliklar ichida Tinch okeanini
birinchi bo'lib Peruga qulayroq yo'l topish maqsadida 1513 yili Panama bo'g'ozini kesib o'tgan
konkvistador Nupes de Valboa ko'rdi.
Fernando Magellan. Xristofor Kolumbning g'arbga qarab su- zib, Hindistonga yetib borish
fikrini ispan dengiz sayyohi Fernando Magellan qo'llab-quvvatladi va 1519-1521 yillari dunyo
bo'ylab birinchi aylanma sayohatini amalga oshirdi. U Amerika qirg'oklari bo'ylab janubga yurib,
Amerika materigini Olovli Yer orolidan ajratib turuvchi tor bo'g'ozdan o'tib Tinch okeaniga o'tdi
va Filippin orollariga yetib bordi. Shu yerda Magellanni tub xalq odamlari o'ldirdilar. Magellan
ekspeditsiyasining qoldiqlari Hind okeani orqali g'arbga harakatlanib, Dobraya Nadejda burunidan
o'tib, Ispaniyaga yetib keldilar.
Magellan dengiz sayohatlarining tarixiy ahamiyati shundan iborat ediki, Yerning shar
shaklida ekanligi, yagona Dunyo okean- ining mavjudligi va har qanday yo'nalishda suzib, yerni
aylanish mumkinligi uzil-kesil isbotlandi. Shu ekspeditsiya bilan buyuk geografik
kashfiyotlarning birinchi va eng muhim bosqichi tu- gallandi, desa bo'ladi. Keyinchalik ingliz,
golland va rus dengiz sayyohlari ko'plab sayohatlar va kashfiyotlar qildilar, fanni va Yevropa
xalqlarining madaniyatini yanada boyitdilar. Lekin birinchi okean ekspeditsiyalarining ilmiy-
tadqiqiy jihatlari to'laligicha harbiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo'ldi. Ularning hammasi aslida bir
maqsadga - Sharq mamlakatlarining boyliklariga to'g'ri yo'l bilan tez yetib olish, ularni
qarshiliklarsiz egallab olishga qaratil- gan edi.
3.6. 
Yevropada "narxlar inqilobi"
Buyuk geografik kashfiyotlarning muhim oqibati "narxlar ravolyusiyasi"dir. Bu XVI asr
davomida qishloq xo'jalik va sanoat mahsulotlariga narxlar juda tez ko'tarilib ketishida o'z
ifodasini topdi. XVI asrgacha narxlar asosan barqaror bo'lib, faqat urush va tabiiy ofatlar
davridagina o'zgargan bo'lsa, XVI asrning 30-yil- laridan boshlab oxirigacha Ispaniyada narxlar 4
baravar, qishloq xo'jalik mahsulotlariniki esa xatto 5 baravar, Fransiyada o'rtacha 2,3 baravar,
Angliyada 2,5 baravar, Germaniyada 2 baravar, G'arbiy Yevropa bo'yicha esa o'rtacha 2-2,5
baravar oshib ketdi.
Narxlarning bunday o'zgarishini qimmatbaho metallarning Yev- ropaga ko'plab keltirilishi
yoki, Ispaniyada bo'lgani kabi, ularning boshqa davlatlarga ko'plab tashib ketilishi bilan
bog'laydilar. Yangi yerlardan Yevropaga ko'p miqdorda oltin va kumush keltirildi. Natijada bir asr
davomida Yevropadagi oltin miqdori 550 mingdan 1192 ming kg.gacha, ya'ni 2 baravardan oshiq
kumush miqdori esa 7 mln.dan 21,4 mln.kg.gacha, ya'ni uch baravardan oshiq ko'payib ketdi.
Lekin "narxlar inqilobi"ning asl sababi pullik metallar miq- dorining ko'payishi emas, balki
ularning qiymati tushib ketishida edi. Oltin va kumushning arzonlashuvi ularning juda boy konlar-
dan, qaram ishchilar va qullarning arzon mehnati evaziga, xatto oddiygina talonchilik yo'li bilan
topilayotgani bilan bog'liq edi. Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari esa deyarli
o'zgarmagan, o'sha miqdordagi mahsulotning XVI asrdagi ekviv- alenti avvalgiga nisbatan
anchagina ko'p miqdordagi oltin va ku- mush bilan o'lchanar edi.
Shuning uchun narxlarning keskin o'sishi yuz berdi. Birinchi navbatda va eng ko'p darajada
qishloq xo'jalik mahsulotlariga, eng avvalo non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar os-
hdi. XVI asr o'rtasidan boshlab narxlar oshishi umum xususiyatga ega bo'ldi. Lekin baribir qayta
ishlash sanoati mahsulotlari va sanoat xom-ashyosiga narxlar birinchi navbatda kerak bo'ladigan
mahsulotlar narxlariga nisbatan kamroq oshdi.
"Narxlar inqilobi" muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bir tomondan "... ish
haqi va yer rentasining qadrsizlani- shi, ikkinchi tomondan sanoat daromadlarning o'sishi"



3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI


kuzatildi. Shuning uchun "narxlar inqilobi" o'sha davrda tug'ilayotgan sanoat burjuaziyasining
boyishi va proletariatning qashshoqlashuviga olib keldi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari va keng
iste'mol buyum- lariga narxlarning oshishi aholining haqiqiy daromadlari miq- dorining tushib
ketishiga olib kelib, yollanma ishchilarning hayot darajasini keskin pasaytirdi. Angliyada tovarlar
narxi o'rtacha 155 % ga, yollanma ishchilarning ish haqi esa faqat 30 % gagina os- hdi.
Savdo burjuaziyasi ham "narxlar inqilobi"dan yaxshigina boyib oldi, chunki chayqov
shartnomalari va chayqov daromadlarini ol- ishga qulay shart-sharoit yaratilgan edi. "Narxlar
inqilobi" o'ziga to'q dehqonlarning tez boyishiga, qishloq burjuaziyasining paydo bo'lishiga ham
olib keldi. Sababi, qishloq xo'jalik ishchilarining real ish haqlari tushdi, pulning sotib olish
qobiliyati pasayishi bilan yer egalari oladigan to'lovlar yoki ijara haqining real miq- dorlari
kamaydi, qishloq xo'jalik mahsulotlariga narxlar esa misli ko'rilmagan darajada oshib ketdi.
Shu bilan birga miqdori barqaror turgan rentani pul holida oladigan feodallar narxlar
oshishidan jiddiy zarar ko'rdilar.
Shunday qilib, "narxlar inqilobi"ning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari feodallar va endi paydo
bo'layotgan yollanma ishchilar sinflarin- ing jamiyatdagi ahvoli yomonlashuvi hamda kapitalistlar
sinfining rivojlanishida o'z ifodasini topdi. "Narxlar inqilobi" katta ahami- yatga ega bo'ldi: u
kapitalistik xo'jalikning shakllanishi va feodal tuzumning yemirilishini tezlashtirdi.
3.7. 
Jahon bozorining vujudga kelishi
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga juda kuchli
inqilobiy ta'sir ko'rsatdi. "Amerikan- ing kashf qilinishi va Afrikani aylanib o'tadigan dengiz
yo'lining ochilishi o'sayotgan burjuaziya uchun yangi faoliyat maydonlarini yaratib berdi. Sharqiy
Hindiston va Xitoy bozorlari, Amerikaning mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan
ayirboshlash, ayir- boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko'payishi savdo-sotiq,
dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli ko'rilmagan turtki berdi va parchalanayotgan
feodal jamiyatda revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga olib keldi".
Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer sharining yevropaliklarga
ma'lum bo'lgan hududlari XIV asrga nisbatan 6 marta ko'paydi. Dunyo quruqligining 60 %i
o'rganib bo'lindi. Dengizda suzish san'ati dunyoning juda uzoq qismlari va xalqlari orasida
barqaror iqtisodiy aloqalarning o'rnatilishiga imkon berdi.
Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo'jaligi si- fatida ishlatila boshlandi,
aslini olganda dunyo savdosiga aylanib qolgan tashqi savdoni kengaytirishning asosi bo'lib xizmat
qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo xo'jaligi va bozorining
vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan
mahsulot- lar hisobiga ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga avvallari Yevropaga
noma'lum bo'lgan yangi tovarlar - tamaki, kakao, kofe va boshqa mahsulotlar kiritildi. Shu vaqtdan
boshlab bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi. Ziravorlar, guruch, qand iste'moli keskin
oshdi.
Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning nafaqat tuzilishi va
xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us- ullariga ham radikal o'zgarishlar kiritdi. Yangi
bozorlarni egal- lash uchun kurashda bir qator davlatlarda yakkahukmron savdo kompaniyalari
tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari ushbu mamlakat savdogarlarining yer sharining
ma'lum hududi bilan savdo-sotig'ini boshqarib turardi xolos.
Masalan, Angliyada faqat Afrika kompaniyasi a'zolarigina Af- rikada savdo-sotiq olib bora
olar edilar, lekin ularning har biri alohida faoliyat yuritardi. Boshqa davlatlar bilan raqobatbardosh
kurash olib borish uchun bu yetarli bo'lmay qoldi va kompaniya ichidagi savdogarlar kapitali
sekin-asta birlasha boshladi. Birlash- gan kompaniyalar orasida eng qudratlilari Angliya va
Gollandi- yadagi Sharqiy Hindiston kompaniyalari bo'lib, ular Hindiston bo- zoriga
yakkahukmronlik qila oldilar.
XVI
asrda tovar birjalari ancha takomillashgan shaklga ega bo'la boshladi. Ularning
ahamiyati oshishi tovar miqdorlarining o'sishi natijasida ularni to'liq ko'rib chiqish amalda
mumkin bo'lmay qol- ganligi bilan bog'liq edi. Shartnoma tuzishda partiya sifatini an- iqlash uchun
tovarning nusxasini ko'rish bilangina cheklanadigan bo'lindi. Buni maxsus ajratilgan joylarda -


3-MAVZU. O'RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI


birjalarda - ishlab chiq- ilgan qoidalarga asosan, tovar va boyliklarni ko'rsatmay, amalga oshirish
qulay edi. Shu bilan birga dunyo xo'jalik aloqalarining kengayishi xalqaro qarz berish tizimini
rivojlantirdi.
Shuning uchun tovar birjalari qatorida fond birjalari ham paydo bo'la boshladi va ularda
chet mamlakatlarning veksellari, obli- gatsiyalari, keyinroq esa aksiyalari bilan savdo qilinadigan
bo'ldi. Birja savdolari qatorida yarmarka savdolari, shu jumladan chay- qov xususiyatli yarmarka
savdolari ham jonlandi.
Dunyo bozorining vujudga kelishi asosiy savdo yo'llarining O'rta Yer dengizi basseynidan
Atlantika okeaniga ko'chib o'tishini bildirar edi. Dunyo savdo aylanmasida yetakchi o'rin
Venetsiya va Genuyadan Pireneya yarim oroli portlariga, keyin esa Angliya, Gollandiya, Fransiya
portlariga o'tdi. Italiya shaharlari Sharq bilan savdo-sotiqdagi yakkahukmronligini yo'qotgandan
so'ng qarz berish ishlariga ixtisoslasha boshladilar.
Germaniya shaharlari ham dunyo savdosidan chetda bo'lib qoldilar. Lekin Atlantika okeani
qirg'oqlarida joylashgan shaharlar, birinchi navbatda Niderlandiya alohida iqtisodiy ahamiyat kasb
eta boshladilar. Lissabon va Sevilyaning ahamiyati mustamlaka tovarlar kiritilishiga asoslangan
bo'lsa, Antverpen va Amsterdam dunyo savdosining vositachilik markaziga aylandi va bu yerlar-
dan butun Yevropaga tovarlar tarqatiladigan bo'ldi. Niderlandiya shaharlari birjalariga barcha
Yevropa davlatlarining savdogarlari yig'iladigan bo'ldi.

http://fayllar.org



Yüklə 59,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə