3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari



Yüklə 53,23 Kb.
səhifə9/13
tarix28.05.2023
ölçüsü53,23 Kb.
#113636
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3-mavzu psixalogiya (1)

Idrokning konstantligi.
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani idrok qilishdan hosil boʻlgan obraz, idrokning fizik sharoiti oʻzgarib tursa ham, doimo shu obraz holicha qolaveradi. Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o‘zgarsa ham, lekin uning ko‘z pardasidagi obrazning o‘zgarmasligi, nisbiy turgunlik ko‘rsatuvchi qonun, eng muxim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik, o‘zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrokning konstantligi koʻrish idroklarida, narsalarning katta-kichikligini ularning shakli va ranglarini idrok qilishda, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bizga maʼlumki, biror narsadan o‘zoqlashsak, uning koʻzimiz toʻr pardasidagi surati (aksi) kichrayadi, ammo shu narsaning obrazi bu bilan oʻzgarmaydi, oʻzgarganda ham bilinar-bilinmas oʻzgaradi. Toʻgʻri burchakli stol bizdan 1 m yoki 10 m o‘zoqrogʻda tursa ham biz unga toʻgʻridan yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va shaklining aksi koʻz toʻr pardasida har safar oʻzgarib turishiga qaramay, baribir hamisha oʻz shakli va katta-kichikligini oʻzgartirmagandek, boyagicha idrok qilinaveradi.Konstantlik hodisasi shuni koʻrsatadiki, biz narsalarni koʻrib turgan paytimizda, ularning koʻz toʻr pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda koʻrmay, balki shu narsalar haqiqatda qanday mayjud boʻlsa, shu holda koʻramiz. Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayonida, amaliy faoliyatida vujudga kelib, mustahkamlanadi.
Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni fahmlab, kunda amaliy ish koʻrishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimizda konstantlik boʻlmaganida edi, biz har bir qimirlashimizda, boshimizni salgina burganimizda, yorugʻlik oʻzgarib turganida, narsalar oʻz joylaridan andakkina siljiganida ham xuddi shu narsalarni har gal butunlay boshqa-boshqa, yangi notanish narsalardek idrok qilardik, biz hatto oʻz narsalarimizni ham ulardan hatto yarim metr o‘zoqlashgan taqdirda, taniy olmasdik.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan to‘zilishga yoki strukturaga ega bo‘lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to‘g‘risida mulohaza yuritishi mumkin bo‘ladi, holos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan urni, rangi, ichki moxiyati, ko‘rinishi, vazni to‘g‘risidagi muayyan tushunchaga ega bo‘lish uchun idrok qilinadigan aniq to‘zilishga, yaʼni strukturaga ega bo‘lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi ijodiy idrokning muhim xususiyatlaridan biri, yaʼni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, yaʼni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag‘zi hisoblanmish yaxlitlik haqida jonli mushoxada bo‘lishi mumkin emas. Chunki strukturi qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasida yaxlit to‘zilma yaratiladi.Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlarga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘likdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun maʼlum shart-sharoitlar muxayyo bulmogi lozim: 1) subʼektning aks ettirish zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi o‘quvi, tasavvurlarining kulami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi bilan bog‘lik bo‘lgan maqsad, maqsad quya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o‘zaro uygunligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning obʼekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni urab turgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obʼekt hisoblanib, obʼektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati obʼektning fondan tez tuliq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bulmish ko‘z harakatlari kiradi. Ular o‘zlarining to‘zulishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, surʼati kabi belgilariga binoan, kuydagi turlarga ajratiladi.
1.Konvergensiya (lotincha convergore – yakinlashish, qushilish demakdir) – ikkala ko‘zning kurish o‘qlarining yakinlashuvi natijasida tur pardasida jismning ikkalanishiga yo‘l kuymaslikka o‘z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha divergere – o‘zoklashish ko‘zning vergent harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada turgan nuktalarini qayd qilishda kurish o‘qlarining o‘zoqlashuvidan iborat harakat.
3. Gorizantal harakat, yaʼni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oralik buyicha narsalarning qayd qilishidir.
4. Vertikal harakat har-xil fazoviy joylashuviga ega boʻlgan nuqtalar oʻrtasida aloqani tiklashdan iborat koʻz harakati yordami bilan idrok qilinishidir.
5. Siklofo‘zion (yunoncha cyclos – doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi jismlarni koʻz qorachigʻi yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir.
6. Torsion (franso‘zcha torsion – aylantirish) harakat koʻz oʻqi atrofida jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir.
7. Version (lotincha verfo- harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat koʻzning makro harakatlari doirasiga kirib, koʻrish burchagini ko‘zatish, tezlikni oʻzgartirmasdan ko‘zatiluvchi obʼektni idrok qilishda ishtirok etishidir.
8. Vergen ( lotincha vergo – ogʻish, qiyshayish) harakat koʻzning makro harakatlari tarkibiga kirib, oʻng, chap koʻzlarning koʻrish oʻqlari burchagi oʻzgarishiga olib keladi va hokozo.

Yüklə 53,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə