3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari


Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilarning ahamiyati



Yüklə 53,23 Kb.
səhifə6/13
tarix28.05.2023
ölçüsü53,23 Kb.
#113636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-mavzu psixalogiya (1)

Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilarning ahamiyati.
Bola ona qo‘rnida 7-9 oylik bo‘lgan chog‘laridayoq uning barcha sezgi organlari ancha o‘sib yetilgan bo‘ladi. Ammo bundan, bola dunyoga kelgan hamono tevarak-atrofdagi narsalarni katta yoshli kishilar bilan bab-baravar idrok qila olar yekan, degan maʼno kelib chiqmaydi. Bolalarning sezgi organlari tajribaga, tarbiyaga qarab o‘sadi, mustahkamlanadi, sezish qobiliyati mukammallashadi. Go‘dak bolaning sezgilarini biron qo‘zg‘ovchiga javoban ko‘rsatadigan reaksiyalariga qarab bilib olamiz, holos. Shu reaksiyalarga qarab, bola hayotining dastlabki kunlaridanoq unda issiq va sovuqni teri sezgisi bilan sezish qobiliyati bor deb aytish mumkin. Tegishga javoban bo‘ladigan reaksiyalar ham ancha yaqqol ko‘rinadi. Bolada taʼm bilish sezgilari ham bo‘ladi: bolada shirin eritmaga (qandga) boshqa, achchiq eritmaga (xininga) boshqa reaksiya bo‘ladi.
Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq yorug‘likning o‘zgarishiga qarab, ko‘z qorachig‘i torayadi yoki kengayadi. Ammo bola ko‘z harakatlarini hali muvofiqlashtira olmaydi (ko‘zini tuta olmaydi): bir ko‘zi bir tomonga, ikkinchi ko‘zning ikkinchi tomonga qarab turishi, bir ko‘zini ochib ikkinchi ko‘zini yumib yotishi mumkin. Bola har narsaga tikilib tura olmaydi. Bola taxminan ikkinchi oy oxirida narsalarga tikilib qaraydigan bo‘ladi; shu vaqtda bola tikilgan narsasi chetga surilsa, uni ko‘zlari bilan birinchi marta qidira boshlaydi. Besh oylik bola yorqin ranglarni ancha ayiradigan bo‘lib qoladi.
Bola tug‘ilgan dastlabki kunlarda hech narsani eshitmaydi. Buning sababi shuki, yangi tug‘ilgan bolaning o‘rta qulog‘iga maxsus modda to‘lgan bo‘ladi, bu modda tovushning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Bu modda birin¬chi hafta davomida aksari shimilib ketadi, bola tovushga javoban reaksiya ko‘rsata boshlaydi. Avvallari bola faqat tovushning kuchiga javob bersa, ikki-uch oyligida tovushning qay tomondan kelayotganligini bila bosh¬laydi va tovush kelgan tomonga boshini bura boshlaydi. Bolaning tovush¬larga sezgirligi o‘sa boshlaydi, yoqimli ashula yoki musiqa tovushini eshitganda talpinib suyunadi va aksincha, qattiq tovushlar eshitganda, buni yoqtirmaganligidan chinqiradi.
Bola hayotining dastlabki 3-4 oyida sezgi organlarining hammasi o‘z vazifasini o‘taydigan bo‘lib qoladi; keyinchalik shu organlar o‘sadi va farq qilishga doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila boshlaydi. Masalan, bola to‘rt yoshligida ko‘pgina ranglarni bir-biridan ayiradi. Ikki-uch yashar bolalarda eshitish sezgisi shu qadar o‘sadiki, ular ayrim kishilarning ovozlarini va ayrim narsalarning tovushlarini bemalol ayirish bilan birga, murakkab kuylarni ham ayira oladi va eng oddiy kuylarni ayta boshlaydi. 7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65 foizgacha ortishi olimlar-ning maxsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab o‘quvchilarini rasmga o‘rgatish ranglarni ayirish sezgirligining o‘sishiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Sezgilarning o‘sishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati bor.

Yüklə 53,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə