3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari I. Reja


Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni



Yüklə 32,5 Kb.
səhifə4/7
tarix02.05.2023
ölçüsü32,5 Kb.
#107955
1   2   3   4   5   6   7
4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu jamiyat va muhitda oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib yetishadi. Bunday sermas’uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar boʻlib yetishishlari uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna boʻlishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning tashqi yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi». Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima uchun chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima uchun toʻgʻri, halol boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar oʻqituvchi va boshqa ana shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt oʻz soʻziga amal qilishi va soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, - deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Rushnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Oʻbayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-Kindiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi.

Yüklə 32,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə