3-Mavzu. Tovar-pul munosabatlari Reja



Yüklə 18,05 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü18,05 Kb.
#150566
3-Mavzu. Tovar-pul munosabatlari.Amaliy mashg\'ulot


3-Mavzu. Tovar-pul munosabatlari
Reja
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o`tish va uning rivojlanishi
2. Tovar va uning xususiyatlari.
3. Qiymatning mehnat nazariyasi va qo`shilgan miqdor nafliligi nazariyalari
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Adabiyotlar.

  1. Mc Connell, Bruc. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill.Irvin, USA,2009

  2. N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.

  3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009

  4. O’lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T:. “Iqtisod Moliya” 2014.-480 – bet

  5. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T:. “Iqtisod Moliya” 2010.-728 – bet

ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR.
Natural xo’jalik – mehnat mahsullari ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratiladi.
Tovar xo’jaligi – bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi.
Mehnat taqsimotimehnat turlari ixtisoslashadi, mahsulotning ayrim turlari ishlab chiqarishga moslashadi.
Almashuv qiymati – tovarlarning almasha bilish xususiyati.
Istemol qiymati – tovarning kishilarning muayyan talab – ehtiyojini qondira bilish xususiyatlari.1000
Konkret mehnat – tovarning iste’mol qiymatini yaratgan mehnati bo’lib, istemol qiymatini yaratadi.
Tovar – ayirboshlash uchun (bozor uchun) ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir.
Pul - barcha tovarlar umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar.
Pul muomalasi – xo’jalik oborotida pulning doimo harakatda bo’lishi, pul o’z funksiyalarini uzluk
4яsiz bajarib turishidir.
Amaliy mashg’ulot darsining asosiy maqsadi.
Bozor iqtisodiyoti asosida tovar pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotini tartibga soladi va boshqarib boradi. Bugungi darsda natural va tovar ishlab chiqarish, tovar tushunchasi, qiymati qonuni va pul tushunchasi xususida gap yuritiladi.
Yangi materialni o’rganish.
1-savol yuzasidan. Umuman ishlab chiqarish ikkita umumiy shaklda yuz beradi: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarish. Bozor iqtisodiyotiga qadar natural xo’jalik ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lgan. Keyinchalik natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaydi va uning o’rniga tovar ishlab chiqarishni tovar shakli egallaydi. Tovar xo’jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi.
2-savol yuzasidan. Tovar – boshqa mahsulotlarga bozorda pul vositasida ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Tovarning iste’mol qiymati va almashuv qiymati xususiyatlari mavjud.
Ayirboshlash yuz berishi uchun tovar nafligining o’zi kifoya qilmaydi, buning uchun ayirboshlanadigan mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga tenglashtirilishi shart.
3-savol yuzasidan. Tovar qiymatining miqdori unga ketgan ijtimoiy mehnat sarfi bilan belgilanadi va shu asosda boshqa tovarlarga ayirboshlanadi. Unga mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi ta’sir etadi.
4-savol yuzasidan. Iqtisodiy ishlab chiqarishda qiymat qonuni muhim rol o’ynaydi. U ishlab chiqarishning o’sishi, tovar ishlab chiqaruvchilarning bozorda mavqeilarini mustahkamlashlariga va shu orqali ularning tabaqalashuviga olib keladi. Qiymat qonuniga asosan, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Pul tovar qiymatini ifodalovchi vositadir va u qiymat o’lchovi vositasidir. Pul qiymаt o’lchоvi, muоmаlа vоsitаsi va jаmg’аrish vоsitаsi vаzifаlаrini bаjаrаdi.
III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash savollari.

  1. Tovar ishlab chiqarish paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nimalarni bilasiz?

  2. Tovar bilan mahsulotning bir-biridan farqi nimada?

  3. Tovarning xususiyatlari to’g’risida gapirib bering.

  4. Tovarning nafliligi deganda nimani tushunamiz?

Yüklə 18,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə