3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 -MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI PREDMETI VA METODI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

1 -MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI PREDMETI VA METODI 
 
Reja: 
1.1. Xo’jalik hisobi uning mohiyati va ahamiyati. 
1 2. Buxgalteriya hisobining predmeti. 
1.3. Buxgalteriya hisobining metodi. 
1.1. Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati. 
Xo’jalik hisobi moddiy mablag’larni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy 
ishlab chiqarishni uyushtirish, boshharish va rahbarlik qilish uchun zarurdir.
Xo’jalik hisobi deb yuritishning o’zi kishilik jamiyatida xo’jalik faoliyatini hisobga 
olish yoki insoniyat uchun zarur bo’lgan iste'mol buyumlari, kiyim kechak oziq - ovqat va 
boshqalarni ishlab chiqarish va taqsimlashni hisobga olish demakdir. Xo’jalik hisobi kishilik 
jamiyatining hamma ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarida mavjud bo’lgan. Lekin har bir 
ijtimoiy tuzumda xo’jalik hisobi o’zining maqsadi va vazifalariga ega bo’lgan. Xo’jalik 
hisobiga bo’lgan talab ayniqsa, tovar ayirboshlash natijasida kuchaygan. Xo’jalik hisobiga va 
ikki yoqlama yozish sistemasini bayon qilgan va birinchi nashr etilgan ishning muallifi 
Italiyaning mashhur matematigi professor Luka Pachiolo hisoblanadi. Uning «Barcha 
arifmetika, geometriya, proportsiya va munosabatlarga doyr majmuasi» degan kitobida 
«Schyot va yozuvlar haqida» yozilgan traktati bor. Bu kitob birinchi marta 1494 yilda 
Italiyaning Venetsiya shaxrida birinchi marta bosilib chiqqan. Korxona,tashkilot va 
muassasaning hamma ishlarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat tomondan 
tavsiflab berish zarurdir. Shuning uchun ham xo’jalik hisobida quyidagi ulchob birliklari 
qo’llaniladi.
Natura (tabiiy) o’lchovlari
Xo’jalik mablag’lari va ularning ish jarayonidagi 
harakatlarini natura xolida ifodalash uchun xizmat qiladi yoki korxona xo’jalik faoliyatida 
sodir etilgan voqea va xodisalarni miqdoran aks ettirishdir.Masalan hisob ob'ektlari; og’irlik 
birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr.kubmetr); uzunlik 
birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda ulchanadi. 
Mehnat o’lchovlari mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biror ishni bajarish uchun 
sarflanadigan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchovining asosida ma'lum 
bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi normasi yoki biron bir ishni 
bajarishga sarflanadigan vaqt normasi yotadi. Mehnat o’lchovi korxonada ishlagan ishchi va 
xodimlarning ishlagan ish kunlari va ish soatlarini hisobga oladi. 
Mehnat o’lchov birliklari buxgalteriyada quyidagicha hisobga olinadi. Kishi-kuni
Kishi-soati Pul o’lchovi jamlovchi o’lchov birlik hisoblanib natura va mehnat o’lchov 
birliklarini qiymat ko’rinishiga keltiradi va ularni so’mda aks ettiradi. O’zimizning milliy 
pulimiz 1994 yil 1-iyo’ldan boshlab muomalaga kirgan va so’m hisobida amalda 
qo’llanilayapti pul o’lchovi yordamida xo’jalik hisobining muhim printsipi-xo’jalik faoliyati 
o’stidan pul bilan nazorat o’rnatiladi. Bundan tashqari pul o’lchovi sifat ko’rsatkichi-
mahsulot birligining tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə