3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 Buxgalteriya hisobining metodi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

1.3. Buxgalteriya hisobining metodi 
Metod bu usullar yig’indisidir buxgalteriya hisobi quyidagi usullardan tashkil
topgan: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, ikki yoqlama yozish, 
schyotlar tizimi, buxgalteriya balansi, hisobot. 
Hujjatlashtirish-bu korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish,hisobga olinadigan 
xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks etgirishning asosiy usulidir.qujat 
rasmiylashtirilayotganda uning oldiga qo’yilgan hamma yuridik talablarga rioya qilish 
kerak.Faqat 
shunday 
rasmiylashtirilgan 
hujjatlargina 
buxgalteriya 
hisobining 
ko’rsatkichlariga umuman va uning ayrim ma'lumotlariga ishonchli dalil bula oladigan 
kuchga ega bo’ladi. Inventarizatsiya yoki yuklama qilish-bu sanash,tortish,ulchash va 
hokazolar yo’li bilan korxona mol-mulkini ashyoviy ro’yxatdan o’tkazishdir. Invetarizatsiya-
bu hisob ma'lumotlari bilan haqikat o’rtasidagi tafovutni bartaraf qilish uchun korxona 
mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob kitob ishlarini 
tekshirish usulidir. 
Baholash-bu korxona mablag’lari va ularning kelib chiqish manbalarining pul 
o’lchovida ifodalanishidir.Bu usul natura va mehnat o’lchovlarini qo’llash, zarur 
ma'lumotlarni taqqoslash va umumlashtirish, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini 
aniqlash imkoniyatini beradi. Kalkulyatsiya-bu ishlab chiqarilgan mahsulot va sotib olingan 
moddiy boyliklarning tannarxini aniqlash usuli bo’lib buxgalteriya hisobi ob'ektlari haqida 
umumlashgan ma'lumotlar olish uchun zarur. 
Ikki yohama yozish-bu usulining xususiyati shundan iboratki,har qanday xo’jalik 
operatsiyasiga tegishli bir summa buxgalteriya hisobida shu vaqtning o’zida ikkitadan kam 
bo’lmagan schyotda aks ettiriladi. Xo’jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining 
schyotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozish usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Schyotlar tizimi-bu hisob ob'ektlarini ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruqlash 
uchun xizmat qiladi. Bu esa schyotlar tizimi yordamida korxona xo’jalik faoliyatini nazarot 
qilish va reja topshiriqlarini bajarilishi haqida ma'lumotlar olish imkonini beradi.
Buxgalteriya balansi-bu ma'lum bir muddatga xo’jalik mablag’lari holati haqida pul 
shaklida umumlashgan ma'lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Balansda korxona 
mablag’larining joilanishi va tarkibi,mablag’’lar manbalarining tashkil topish haqidagi 
ma'lumotlar keltiriladi. 
hisobot-bu ma'lum bir muddatga korxona ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyati natijalari 
haqida umumlashgan ma'lumotlar olish usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona 
xo’jalik faoliyati natijalari yakunlanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə