3. Menejmentga kirish fanining tahlil usullari. Menejmentga kirish fanining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə12/16
tarix10.11.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#132778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Menejmentga kirish ma\'ruza

Boshqaruv texnologiyasi – samarali boshqaruv ta’sirini o’tkazish san’ati, tadbirlar tizimi va 
uslublardir. Unga axborotlarni to’plash va qayta ishlash yo’llari, ishlovchilarga samarali ta’sir 
o’tkazish vositalari, boshqarish tamoyillarini aniqlash, nazorat tizimini ishlab chiqish va joriy qilish 
kiradi. 
Boshqaruv texnologiyalari ob’ekti bo’lib inson, tashkilot, jamiyat hisoblanadi. Tashkilotning 
xususiyatlaridan kelib chiqib maqsadlar bo’yicha, natijalar bo’yicha, ehtiyojlar va qiziqishlar 
asosida, tekshirishlar va farmoyishlar orqali, personal faoliyatini aktivlashtirish asosida boshqarish 
qo’llaniladi. 
Ularning har birinining qanday vaziyatlarda qo’llanilishini alohida ko’rib chiqamiz: 
1.Maqsadlar bo’yicha boshqarish bo’linmalarning hamma maqsadlari ham asoslanmagan 
holatda; maqsadlarni shakllantirish uslubi bo’lmaganda; maqsad va vazifalarni amalga oshirishning 
hujjatlashtirilgan tahlili bo’lmaganda; ishchi majlislar tayyorgarliksiz o’tkaziladiganda, maqsadlar 
va vazifalar bir necha bor almashtiriladigan holatlarda qo’llaniladi. Maqsadlar bo’yicha boshqarish 
texnologiyasi – yangi holatlarni bashoratlash bo’yicha boshqarishdir. Uning asosida ham tashkilot 
uchun, ham har bir xodim uchun tuziladigan biznes-reja turadi. 
2.Natijalar bo’yicha boshqarish: aksariyat ishlovchilar uchun ish ularning ish joylari bilan 
chegaralanadi; mehnat natijalariga qiziqish va rag’batlantirish yo’q, yomon sotuv bilan bog’liq 
siyosat. Natijalar bo’yicha boshqarish texnologiyasi oldingi qaror bo’yicha natija olingandan 
keyingina boshqarish qarorlarini qabul qilishga asoslanadi. Buning uchun maxsus tashkiliy va 
funktsional tayyorgarlik ko’riladi – yangi bo’linma tarkibida tahlil etuvchi guruh tuziladi. Uning 
tarkibiga psixologiya va sotsiologiya, marketing, iqtisod sohalari bo’yicha mutaxassislar kiritiladi, 
bu guruh uchun boshqarishning matritsali strukturasi tuziladi. 
3.Ehtiyojlar va manfaatlarni hisobga olish asosida boshqarish: ishlovchilarning yuqori 
qo’nimsizligi, katta travmatizm, qo’l ostidagilar tomonidan qarshi xarakatlar.
4.Maxsus vaziyatlardagi boshqarish: yuqori malakali ishlovchilarning ketishi, boshqarish 
apparatining haddan tashqari kengligi, zamonaviy jihoz va orgtexnika. 
5.Faoliyatni aktivlashtirish asosidagi boshqarish: ishlovchilar tashabbussiz, moddiy 
rag’batlantirishga katta e’tibor, ishlab chiqarishdagi nizolar, tashkilotda yoshlarning kamligi. 
6.Sistematik tekshiruvlar va farmoyishlar asosidagi boshqarish: ishlovchilar va bo’linmalar 
faoliyatini muvofiqlashtirishning yetarli bo’lmaganligi, bo’yruqlarni bajarishda tezkorlikning 
yo’qligi, operativ nazoratning yo’qligi. Doimiy tekshirishlar va farmoyishlar orqali boshqarish 
texnologiyasi qo’l ostidagilar ishini qattiq rejalashtirishga asoslanadi. Katta bo’lmagan tashkilotlar 
uchun ko’proq samarali. 

Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə