O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 318,5 Kb.
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü318,5 Kb.
#127369
  1   2   3
2-laboratoriya


Laboratoriya ishi № 2
Mavzu: Ish joylarning yoritilganligini tekshirish.


Ishning maqsadi: Ish joylarining yoritilganlik me'yorlari va yoritilganlikni aniqlovchi asboblar bilan tanishish, ish joylari yoritilganligini aniqlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilish.


Mashg'ulot rejasi:
1.Umumiy ma'lumotlar.
2. Yoritilganlikni o'lchash asboblari.
3. Ishni bajarish tartibi.
4. Hisobot tarkibi.


Kerakli jihozlar: O'lchash uchun metr, 3 m uzunlikdagi reyka.
Topshiriqlar:
1. Yoritilganlikning asosiy ko'rsatkichlari, o'lchov birliklari va me'yorlari bilan tanishing.
2. Yoritilganlikni o'lchash asboblarini tuzilishi va ishlatish tartibi bilan tanishing.
3. Belgilangan ish joyining yoritilganligini aniqlang, me'yor bilan solishtirib xulosalang.
4. Quyida ko'rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring.
Tayanch iboralar: yoritilganlik, yorug'lik kuchi, ravshanlilik, yorug'lik oqimi, pulsasiya koeffisienti, notekislik koeffisienti, lyuksmetr.


1. Umumiy ma'lumotlar
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini yoritish sun'iy va tabiiy usulda amalga oshiriladi. Ish joylarini sun'iy yoritishning asosiy ko'rsatkichlariga yoritilganlik, yorug'lik oqimi, yorug'lik kuchi, ravshanlilik, yorug'likni yutish, qaytarish, o'tkazish koeffisientlari, yoritilganlikni pulsasiya va notekislik koeffisienti, fon, kontrast kabilar kiradi. Tabiiy yoritilganlik esa tabiiy yoritilganlik koeffisienti bilan baholanadi. Yoritilganlikning me'yoriy miqdori ishning turiga va ish razryadiga bog'liq holda belgilanadi. Eng yuqori yoritilganlik 5000 lk bo'lib 1 razryadli eng yuqori aniqlikdagi ishlar uchun, eng past miqdori esa 75 lk bo'lib IV, V va VI razryaddagi ishlar uchun belgilangan.
1.-jadval
Ishlab chiqarish binolarida tabiiy yoritilganlik ko'rsatkichining me'yoriy miqdorlari



Xonalar razryadi

Bajariladigan ishning xususiyatmi

Tabiiy yoritilganlik koeffisienti, e

Minimal yoritilganlik koeffisienti, a



Yuqori va kombinatsiya-lashgan yoritilganlik

Yon tomonlama
yoritilganlik

I

Muhim aniqlikdagi ishlar

10

3,5

-

II

Yuqori aniqlikdagi ishlar

7

2

0,20-0,16

III

Aniq ishlar

5

1,5

0.16-0,14

IV

Kam aniqlikdagi ishlar

3

1

0,14-0,12

V

Dag'al ishlar

2

0,5

0,12-0,10

VI

Juda dag'al ishlar (umumiy kuzatish bilan kechadigan ishlar)

1

0,25

0,10-0,08


Yüklə 318,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə