Sm va massasi 10-20 g



Yüklə 73,99 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü73,99 Kb.
#162074
nuqtaviy usul




Nuqtaviy usul 
Bu usul 
bilan olingan namunaning materiali ma’dan tanasining 
bir 
qancha nuqtalaridan sindirib olingan, oMchamlari 1,5-3 
sm 
va 
massasi 
10-20 

(ba’zan 50 gramgacha) boMgan boMaklardan 
(birlamchi 
namunalardan) iborat boMadi. Ma’dan tarkibidagi 
o'rganilayotgan componentlaming tarqalish qonuniyatlariga 
qarab 
turib birlamchi namunalar olinadigan nuqtalar m a’lum bir 
sistema 
bo'yicha belgilab olinadi. Agar ma’danning namuna oli
nayotgan 
tekislikdagi 
komponentlar kontsentratsiyasi ikki 
yo'nalishi 
bir xil miqdorda o‘zgarib borsa, namuna olish siste- 
^asi kvadrat to‘r ko‘rinishida boMadi. Agar komponentlar 
101
kontsentratsiyasi bir yo'nalish bo'yicha ikkinchi yo'nalishdagiga 
nisbatan tezroq o'zgarsa, tog'ri to'rtburchakli yoki rombsimon 
to‘r ko'rinishida tanlab olinadi. 
Namunani tashkil etuvchi birlamchi namunalaming soni 10 
tadan 20 tagacha, ba’zan ko'proq ham bo'lishi mumkin. Birlamchi namunalar orasida 
masofa komponentlarining m a’dan tanasida qay darajada notekis tarqalganiga bog'liq. 
Komponentlaming joylanishidagi notekislik qanchalik kuchli bo'lsa, birlamchi namunalar 
orasidagi masofa shunchalik kichik va ular soni 
shunchalik ko'p bo'lishi kerak. Kvadrat to'r bo'yicha namunalanganda bo'laklar orasidagi 
masofa 10x10 
sm 
yoki 20x20 
sm 
ba’zan 50x50 
sm 
bo'lishi mumkin. Tog'ri to'rtburchakli to'r 
o'lchamlari esa 10x20 
sm 
yoki 20x40 
sm 
bo'lishi mumkin. Namunaning umumiy massasi 
birlamchi namunalaming soni va 
massasiga proportsional ravishda 0,2 kg dan 2 kg gacha 
o'zgarishi mumkin. 
Nuqtaviy usulda namuna olishning ishonchliligi birlamchi 
namunalaming soniga tog'ri praportsionaldir. Umumiy namuna 
birlamchi namunalardan qanchalik ko'p tashkil topgan bo'lsa, 


uning ishonchliligi shunchalik yuqori bo'ladi. 
Bu usul quyidagi holatlarda: 
- massiv teksturali ma’danlarda; 
- hol-hol tekisturali va tomirli hol-hol teksturali ma’danlarda; 
- mayda yo'l-yo'l teksturali maydonlarda; 
- monomineral agregatli notekis tarqalgan yirik hol-hol teksturali ma’danlarda ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. 
Oxirgi holatda nuqtaviy usul ariqcha usulidan ham ishonchliroq natija beradi. 
Quyidagi hollarda: 
- mo'rt minerallardan tuzilgan va darzliklari ko'p bo'lgan 
m a’danlami; 
Yirik yo‘l-yo‘l teksturali ma’danlarda (yoM-yoMlaming 
kengligi, birlamchi namunalar orasidagi masofaga yaqin boMsa
sistematik xato kelib chiqadi); 
Mustahkamligi turlicha boMgan minerallardan tuzilgan 
ma’danlarda (namunaga mustahkam minerallar ko'proq tushib 
qoladi va sistematik xato kelib chiqadi), nuqtaviy usul sistemaviy 
xatoliklar keltirib chiqaradi va bu usulni qoMlash tavsiya etilmaydi. 
Nuqtaviy usulda mehnat samaradorligi yuqoriroq boMadi. Lekin ishonchlilik darajasi 
ariqeha usuliga nisbatan biroz pastroq 
boMadi, shuning uchun bu usul konlami ekspluatatsiya qilish 
bosqichida oMchamlari o'rtacha va yirik boMgan ma’dan tanalarini namunalashda 
qoMlaniladi. 


Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə