O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Yoritilganlikni o'lchash jihozlari



Yüklə 318,5 Kb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü318,5 Kb.
#127369
1   2   3
2-laboratoriya

2. Yoritilganlikni o'lchash jihozlari

Yoritilganlikni o'lchashda Yu-15, Yu-16, Yu-17, Yu-116 markali lyukmetrlar ishlatiladi. Yu-16 lyuksmetri eng keng tarqalgan bo'lib, u o'lchagich korpusidan, o'lchov mexanizmi shkalasidan, korretor va fotoelementlardan tashkil topgan bo'ladi.



1.-Rasm. Yu-16 lyuksmetri
1-fotoelement; 2-filtr; 3-galvanometr shkalasi;
4-ravshanlilikni aniqlagich; 5-qopqoq

Lyuksmetrning ishlash prinsipi yorug'lik oqimining fotoelementlarga ta'siri natijasida, lyuksmetr zanjirida elektr toki hosil bo'lishiga asoslangan. Hosil bo'lgan tok ta'sirida lyuksmetrning ko'rsatkichi (Yu-16 lyuksmetrida «quyoncha») harakatlanib, shkalada yoritilganlikning miqdorini «lyuks» da ko'rsatadi. Shu sababli yoritilganlikning miqdori lyuksmetr fotoelementlariga tushadigan yorug'lik oqimining miqdoriga bog'liqdir. Har bir lyuksmetrga qo'shib-ajratgich o'rnatilgan bo'lib, u yoritilganlikning o'lchash oralig'ini o'rnatish uchun xizmat qiladi. Yu-16 lyuksmetrning qo'shib-ajratkichi 0-25 lk, 0-100 lk va 0-500 lk oraliqlarida o'rnatilishi mumkin. Qo'shib-ajratkichning har bir holati uchun 50 bo'limdan iborat shkala to'g'ri keladi. Bundan tashqari Yu-16 lyuksmetri fotoelementi yorug'lik filtri-«so'ndiruvchi» bilan ta'minlangan bo'lib, u yordamida 50000 lk.gacha bo'lgan yoritilganlikni o'lchash mumkin. Ushbu filtr asosan yoritilganlik 500 lk.dan yuqori bo'lgan hollarda ishlatiladi.


Yu-17 lyuksmetrning qo'shib-ajratkichini ham 3 xil (0-1 lk, 0-10 lk va 0-100 lk) holatda o'rnatish mumkit. Lyuksmetrning shkalasi 100 ta teng bo'lakka bo'lingan. Shuning uchun qo'shib –ajratkichning holatiga bog'lik holda Yu-17 lyuksmetri yordamida 0,01 lk.dan (qo'shib-ajratkichning 0-1 lk holatida) 100 lk. gacha bo'lgan mikdordagi yoritilganlikni o'lchash mumkin.
Lyuksmetrlar me'yor darajasida ishlashi uchun ular +450 С yoki –400С harorat va 80% nisbiy namlikdan yuqori bo'lgan muhitda uzoq vaqt saqlanmasligi kerak.
Lyuksmetrdan foydalanganda avval ularning ko'rsatgichi «0» holatda ekanligini tekshirib ko'rish kerak va lyuksmetr qo'shib-ajratkichini eng yuqori holatga o'rnatish lozim. Bu holda ko'rsatkich juda kam o'zgarsa, qo'shib-ajratkichni 2 yoki 3-holatga keltirish kerak. Agar yoritish har xil manbalar bilan amalga oshirilgan bo'lsa, bu holda lyuksmetr ko'rsatkichini «tuzatish koeffisientiga» ko'paytirish lozim.



Yüklə 318,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə